70
5- bob. KORXONANING ISHCHANLIK VA BOZORGA OID
FAOLLIGI TAHLILI
5.1. Korxonalarning ishchanlik faolligi tahlili
Oldindan aytilganidek, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi
korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish va o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar faoliyatini tahlil qilishda tahlilchilarning
asosiy e’tibori korxonalar faoliyatida davlat tomonidan tasdiqlangan mahsulot ishlab
chiqarish va uni sotish bo‘yicha rejalarni bajarishni aniqlashga safarbar etilardi.
Bozor munosabatlari shart-sharoitida korxonalar faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish
va uni sotish o‘rtasidagi o‘zaro nisbat, asosan, mahsulotga bo‘lgan
talab va taklif
bilan aniqlanadi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga
moslangan bo‘lib, bu mahsulotlarning iste’molchilarini aniqlash lozim.
Shu munosabat bilan korxonalar faoliyatida ishchanlik va bozorga oidlikni
tashkil etish - ularni rivojlantirishni talab qiladi va bu vaziyat o‘z navbatida
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, korxonalarni ishchanlik
va bozorga oidligini tahlil qilishning ob’yektiv zarurligini tasdiqlaydi. Ishchanlik va
bozorga oidlik korxonalarning iqtisodiy mustahkamligi, qabul qilingan rejalarni o‘z
vaqtida bajarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
bozor talablariga mosligi,
raqobatdoshligi, korxonalarning asoslangan istiqboli mavjudligi bilan bog‘liq.
Korxonalarning ishchanligi quyidagi o‘zaro nisbat bog‘lanishga to‘g‘ri kelishi
lozim:
Korxona foydasining
dinamika indeksi
>
Mahsulot sotishning
dinamika indeksi
>
Korxona mol-mulki
qiymatining indeksi
Ya’ni, korxona foydasining ko‘payish sur’ati mahsulot sotishning ko‘payishi
sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim va bu oxirgi ko‘rsatkich
korxona mol-mulki
qiymatini ko‘payish sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim, masalan:
120 foiz > 110 foiz > 105 foiz.
Bu o‘zaro bog‘lanish, nisbat jahon tajribasida «korxona iqtisodiyotining oltin
qoidasi» deb ataladi. Bu qoidaga rioya qilish uchun korxonada ishlab chiqarish
resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirib borish, ishlab
chiqarishning texnikaviy darajasini ko‘tarish talab etadi. Korxona ishchanligi uning
iqtisodiy mustahkamligi va boshqa korxona, tashkilotlar bilan bo‘lgan
aloqalarining
intensivligi bilan aniqlanadi.
Korxona ishchanligi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilish uchun quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvoffaq:
1.
Korxona aktivining aylanish ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Korxona aktivlarining o‘rtacha
qiymati
2.
Uzoq muddatli aktivlarning aylanish
ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha
qiymati
71
3.
Umumiy aylanma mablag‘larning aylanish
ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Umumiy aylanma mablag‘larning
o‘rtacha qiymati
4.
Zaxira va xarajatlarning aylanish
ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Zaxira va xarajatlarning o‘rtacha qiymati
5.
Korxonaga tegishli kapitalning aylanish
ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha
qiymati
6.
Tayyor mahsulotning aylanish ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Tayyor mahsulot qoldiqlarining o‘rtacha
qiymati
7.
Debitorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Debitorlik qarzlarining o‘rtacha
hajmi
8.
Debitorlik qarzlarini o‘rtacha muhlati (yillik)
=
365 kun
Debitorlik qarzlarining aylanish
ko‘rsatkichi
9.
Kreditorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi =
Sotilgan mahsulot tushumi
Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi
10.
Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha muhlati
(yillik)
=
365 kun
Kreditorlik qarzlarining aylanish
ko‘rsatkichi
11.
Pul aylanma mablag‘larning aylanish
ko‘rsatkichi
=
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Pul aylanma mablag‘larning o‘rtacha hajmi
12.
Sotilgan mahsulotlarning har bir so‘miga
aylanma mablag‘lar
sarfi
=
Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha
qiymati
Sotilgan mahsulotlar tushumi
Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli to‘g‘risida gap borar ekan,
quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
Birinchidan, agar tahlil qilinayotgan korxona qo‘shilgan qiymatga solinadigan
soliqqa va aktsiz soliqqa tortilsa, sotilgan mahsulotlar tushumidan ular chiqarib
tashlanishi lozim.
Ikkinchidan, ishchanlik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan bo‘lishligi uchun
yuqorida berilgandek, ishchanlik ko‘rsatkichlari
yagona sotilgan mahsulotlar
tushumiga asoslangan holda aniqlanishi lozim.
Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ayonki, ishchanlik darajasini tahlil qilish —
korxonalar
umumiy
aktivlari,
ularning alohida elementlaridan foydalanishni
ifodalaydi.Masalan, korxonalarning umumiy aktivlari aylanishi ko‘rsatkichi
korxonalarda mavjud asosiy va aylanma mablag‘lardan ishlab chiqarish jarayonida
72
qanday foydalanayotganligini ifodalaydi. Korxonalarda foydalanayotgan aktivlarning
alohida elementlari har xil aylanishga ega bo‘lganligi sababli, ularning aylanishi
alohida tahlil etiladi.
Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan qarzga olingan mablag‘lardan
foydalanadilar, Demak, ularning aylanishi alohida tahlil etilishi lozim. Ishchanlikni
tahlil qilish korxonalarda aktivlardan yanada samarali foydalanish maqsadida
tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Hammasi bo‘lib ishchanlik ko‘rsatkichlari 12 ta bo‘lib, yuqorida ulardan 9 tasi
bo‘yicha hisoblash usullari berilgan, qolganlarini aniqlash uchun 8,10, 12
va boshqa
hisoblangan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Quyidagi jadvalda bu ko‘rsatkichlarning amaliy materiallarda hisoblash
natijalari berilgan:
Dostları ilə paylaş: