Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI



2-ma’ruza: BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, 
PREDMETI VA METODI 
Reja:
2.1.Biznesda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish tizimi 
2.2.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish prinsiplari, tizimi va uning asosiy 
elementlari 
2.3.Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari 
Tayanch iboralar: 
Me’yoriy-huquqiy asos, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, Buxgalteriya 
hisobining milliy standartlari, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizom, Buxgalteriya 
hisobi predmeti, buxgalteriya hisobi ob’yektlari, xo‘jalik mablag‘lari, xo‘jalik 
mablag‘lari manbalari, buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobini tashkil etish
tashkil etish talablari, tashkil etish tamoyillari, bosh buxgalter: huquqlari
majburiyatlari, 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan 
buxgalteriya 
hisobi, 
buxgalteriya hisobi metod (element)lari, hujjatlashtirish, inventarizasiya, schyotlar 
tizimi, ikkiyoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, balans, hisobot. 
2.1.Biznesda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish tizimi 
Korxonalarda hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, 
obyektiv, hammaga tushunarli bo‘lishida amaldagi me’yoriy bazaga bog‘liq.
O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkiliy–uslubiy 
asosini 1996 yil 30 avgustida qabul qilingan, 2016 yil 13-aprelda yangi 
tahrirdatasdiqlangan 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun,O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5-fevralda tasdiqlangan 
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom», Buxgalteriya 
hisobining Milliy standartlari hamda korxonaning hisob siyosati tashkil etadi. 
Buxgalteriya hisobining Milliy standarti № 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma» 2004 yilning 1 yanvaridan amalga tadbiq etildi.
Bu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy 
qoidalarini belgilaydi, shuningdek kimning qaramog‘ida bo‘lishi, mulk shakllari 
hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga 
tegishlidir. 
Shu bilan birga korxonalar bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo‘jalik 
yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat harakterlari, 
xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi 
hamda nazoratni tashkil etish usullarini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 279-I-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritilib, uning yangi tahriri 2016 yil 13-aprelda O‘RQ-404 son qaror bilan 
tasdiqlangan.
Mazkur qonun dastlab 24-moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda yangi 
tahririda 32-moddani o‘z ichiga olib, Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini 


tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat (1-modda). 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin