Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi
sub’yektining rahbariga bo‘ysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operasiyalarini hujjatlar asosida
rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha
talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining
rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishga doir
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operasiyalar
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya
hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda,
oxirgi besh kalendar yildan
kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n
kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy
hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari
buxgalteriya
hisobini
yuritishni
shartnoma
asosida
zimmasiga
yuklagan
ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki
muomala layoqati cheklangan
deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi
xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning13-moddasi “Imzo huquqi” deb
nomlanib, unda
Pul, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit
va hisob-kitob majburiyatlari,
shuningdek moliyaviy va boshqa hisobotlar buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari
tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari imzolash huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarning ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga buxgalteriya hisobi
sub’yektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa,
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar
kiradi. Agar buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u holda har ikkala ro‘yxatda ham
o‘zini ko‘rsatadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning imzosi mavjud
bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, deyilgan.
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda rejalashtirish tizimi
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va
bajarishni o‘z ichiga oladi.
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha
dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik
yurituvchisub’yekt dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi
yokio‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘llashi mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng
ularni
sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar
blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashda ularni olish uchun yuqori
tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan
shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi
qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya
o‘tkazish
rejasida
rejadagi
va
rejadan
tashqari
inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi,shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning normal
ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya
o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
hisobot shakllari, u yoki
bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari,
korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi
mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron,
pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-
sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga ko‘ra,
ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda
korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar bo‘yicha zarur
ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish
rejasida mazkur korxonada
qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron
hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi
ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini tanlashda mazkur masalaga oid
yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-
sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va
kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyuterlashtirish
masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan
foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari
(o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil
etish rejasida buxgalteriya
apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim
yo‘riqnomasi ishlabchiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar
belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa
qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki
markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy
buxgalteriyada jamlanadi va undaalohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan
kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta
joyda amalga oshiriladi.
Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida
bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda
bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans vahisobotlari tuziladi. Bu
holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning
balans va hisobotlarini
umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda
tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: