− korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish
uchun ichki va tashqi
foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
− moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki
imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish;
− korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
− korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
− moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z
vaqtida
taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida
belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari buxgalteriya
hisobini va moliyaviy
hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib
chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida buxgalteriya
hisobini tashkil etish va
yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan:
Uzluksizlik;
Ishonchlilik;
Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.
Dostları ilə paylaş: