Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi
sub’yektining rahbariga bo‘ysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operasiyalarini hujjatlar asosida
rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha
talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining
rahbari
o‘rtasida ayrim xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishga doir
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operasiyalar
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya
hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan
kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n
kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy
hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi
sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari
buxgalteriya
hisobini
yuritishni
shartnoma
asosida
zimmasiga
yuklagan
ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi
xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: