(ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi,
qonunda nazarda tutilgan
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki
sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida
ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish
jarayonida yuzaga
keladigan kurs farqini aks ettiradi.
Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘ladigan
inflyasiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga
olingan mol-mulkning
qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifodalaydi va
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilishi mumkin.
20-modda. Garovni hisobga olish. O‘zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini
ta’minlash uchun garovga
berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul
mablag‘lari buxgalteriya hisobi sub’yekti tomonidan
boshqa aktivlardan alohida
hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida
qabul qilib olingan pul
mablag‘lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: