Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot: milliy va xalqaro tajriba



Yüklə 70,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2023
ölçüsü70,23 Kb.
#174462
  1   2   3   4
4945-Article Text-9585-1-10-20230128 (1)



Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot: milliy va xalqaro 
tajriba 
Davron Eshmurodovich Norbekov 
Nargiza Shavkat qizi Toirova 
TMI 
 
Annotatsiya: 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi 
taraqqiy ettirilishida aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari, 
davlat uluhiga tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlarida va yirik soliq to’lovchilarning 
moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida 
tayyorlashi muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning ikkinchi 
shakli: moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni milliy va xalqaro standartlar asosida 
tuzishning o’ziga xos jihatlari ularning bir-biridan farqi ko’rib chiqilgan. MHXSga va 
BHMSda buxgalteriya hisobini yaqinlashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. 
Kalit so’zlar:
axborot, daromad, moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari, moliyaviy natijalar, xarajat. 
Reporting on financial results: national and international 
experience 
Davron Eshmurodovich Norbekov 
Nargiza Shavkat’s daughter Toirova 
TIF 
Abstract: 
International Financial Reporting Standards (IFRSs) play an 
important role in the development of the international accounting system in the 
context of modernization of the economy. This article presents a second form of 
financial reporting: a comparative analysis of the preparation of a statement of 
financial performance based on national and international standards. 
Keywords:
financial reporting, International Financial Reporting Standards, 
financial results report, gross income statement, income, expenses. 
 
KIRISH 
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hisob siyosatida ham 
muhim o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu jihatdan, milliy 
standartlarning tuzilishini alohida qayd etish lozim. Hozirgi kunga qadar buxgalteriya 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1063


hisobining 20 dan ortiq milliy standartlari qabul qilingan va amal qilib kelinmoqda. 
Moliyaviy holat va undagi o’zgarishlarni baholashda bu tartib albatta juda ko’p 
noaniqliklarga javob topish imkonini beradi. Jumladan, aktivlarni, daromad va 
xarajatlarni tan olish, mulkni haqiqiy qiymatini aniqlash va odilona baholash, 
aktivlarni likvidligi bo’yicha tarkiblash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish 
tartiblaridagi umumiy yondashuvlarga amal etishning tartiblarini belgilab beradi. 
Lekin shu bilan birgalikda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni 
tuzishda xorij amaliyotida qo’llaniladigan standartlarda (MHXS) umumiy 
talablarning sezilarli farqli jihatlarini ko’rish mumkin. Bu ham albatta moliyaviy 
holat tahlili va uning mazmuniga sezilarli ta’sir etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4611-son 
qarori 2020-yil 24-fevralda joriy etildi
1
. Qarorda asosiy maqsad moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o’tishni jadallashtirish orqali xorijiy 
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga 
kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari 
mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish 
hisoblanadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat 
oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar 
orqali) hal etishga emas balki birinchi navbatda mulk egasi va menedjerlarning 
samarali boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.

Yüklə 70,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin