38
Tayanch iboralar
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish tajribasi – xorijda va respublikada
moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun foydalaniladigan usullar.
Moliyaviy
koeffitsientlar
– xorijiy mamlakatlarda moliyaviy tahlilda
foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi.
Korxona mablag‘lari – buxgalteriya balansida o‘z ifodasini topgan korxona uzoq
muddatli va joriy aktivlari.
Korxona mablag‘larining manbalari – korxonaga tegishli manbalar va korxona
majburiyatlari uzoq muddatli va joriy majburiyatlar.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Xorijiy mamlakatlarning korxonalarini moliyaviy holatini tahlil qilish
uslubiyatining xususiyatlari.
2. O‘zbekistonda korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish usulining o‘ziga
xos xususiyatlari.
3. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishning oldiga qo‘yiladigan
talablar va tamoyillar nimalardan iborat.
4. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish qanday bosqichlarda amalga
oshirilishi lozim.
5.
Korxonalarning
moliyaviy
holatini
umumiy
baholashda
qanday
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi va ular qanday aniqlanadi.
39
3- bob. KORXONALARNING MOLIYAVIY MUSTAHKAMLIGI VA
BALANS LIKVIDLIGI TAHLILI
3.1. Korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili
Korxonalar moliyaviy holatini umumiy baholashdan keyingi moliyaviy tahlil
bosqichi korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili hisoblanadi. Moliyaviy
mustahkamlikni tahlil qilishdan oldin moliyaviy mustahkamlikning mazmuni
to‘g‘risida kelishib olishimiz lozim.
Iqtisodiy adabiyotda moliyaviy mustahkamlikka va balans likvidligiga bir xil
ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni yoki moliyaviy mustahkamlik yoki
balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga
egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi — bu o‘z
mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar
moliyaviy faoliyatini har xil nuqtai nazardan ifodalaydi.
Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi ko‘rsatkich bo‘lib, u:
- korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni
saqlanib qolish imkoniyatini;
- korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
- ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
- korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamligini;
- korxonalar faoliyatiga turli boshqaruvlik qilinayotganligini;
- korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining
talablariga javob berishligini;
- korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar
borligi darajasini ko‘rsatadi.
Demak,
moliyaviy
mustahkamlik
korxonalar
moliyaviy
resurslarining
shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Moliyaviy mustahkamlikka
korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari
ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.
Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: korxonada ishlab
chiqarishning barqarorligi; ishlab chiqarishni tashkil qilish; ishlab chiqarishni
boshqarish; korxona nizom fondining hajmi; korxona xarajat va daromadlarining
nisbati; o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;
korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.
Korxonalar o‘z faoliyatida boshqa korxona va tashkilotlar bilan iqtisodiy
aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy mustahkamligiga tashqi omillar ham
ta’sir etadi, ular tarkibida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- korxonaning tovarlar bozoridagi holati;
- korxonaning eksport va import aloqalari;
- korxonaning boshqa korxonalar, ta’minlovchi va iste’molchi korxonalar bilan
aloqalarda bo‘lishi, ishga oid aktivligi;
- bank organlari, debitor va kreditorlar bilan aloqalar;
- respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx-navo va
moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
40
Shunday qilib, moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan
tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatar ekan, lekin shu bilan
birga moliyaviy mustahkamlik darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusi faoliyatiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, moliyaviy mustahkamlikning darajasiga binoan
korxonada quyidagi muammolar yechiladi: korxona xodimlariga o‘z vaqtida ish haqi
to‘lab turish; ta’minlovchi va iste’molchi korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni kerakli
darajada olib borish; banklardan olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarib turish; davlat
budjetiga tegishli soliq va to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazib turish; boshqa korxona va
tashkilotlardan olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarib turish; korxona xodimlarini
moddiy rag‘batlantirib borish; korxona jamoasining sotsial rivojlanishini ta’minlash;
korxonani texnikaviy darajasini ko‘tarib turish.
Demak, moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining
yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini
ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishni boshlamasdan oldin yana bir
muammoni ko‘rib chiqishimiz kerak.
Bu moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy
mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini
chegaralab olish lozim.
V.G. Artemenko, M.V. Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik
korxona
moliyaviy
resurslarini
shakllanish,
taqsimlanish
va
foydalanish
samaradorligini ifodalaydi.
Lekin ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish
va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy
mustahkamligi korxonalar faoliyatining faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi.
A.D. Sheremet, R.S Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va
to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy
mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi.
Xuddi shu fikrga A.N. Li va S.I. Shevchenkolar ham ega. Ular o‘z maqolalarida
moliyaviy mustahkamlik koeffitsientining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga
qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar.
Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega
bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N. Li va
S.I. Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul
qilishgan. Bu ham noto‘g‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy
holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi.
Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor
berish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlikning mezoni va moliyaviy mustahkamlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. A.N. Li va S.I.Shevchenkolarning fikricha,
moliyaviy mustahkamlik mezoni aniqlanishi lozim va bu mezon sifatida
korxonalarning bankrot bo‘lishi ehtimolligining past darajasi tavsiya etiladi.
Avvalambor moliyaviy mustahkamlik darajasiga binoan korxonalarning bankrot
bo‘lish ehtimolligi aniqlanmaydi.
Fikrimizcha, moliyaviy ko‘rsatkichlarni, shu jumladan, moliyaviy mustahkamlik
bo‘yicha ham mezonlar emas, optimal yoki me’yoriy darajalari tasdiqlanishi kerak.
Iqtisodiy adabiyotda moliyaviy mustahkamlik darajasini o‘lchash uchun har xil
41
ko‘rsatkich tizimlari tavsiya etiladi. A.N. Li va S.I. Shevchenkolar moliyaviy
mustahkamlikni aniqlash uchun korxona kapitalining tarkibiy ko‘rsatkichlari,
V.G.Artemenko va M.V.Bellendirlar esa moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda
nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birga mutlaq ko‘rsatkichlardan ham foydalanishgan.
Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar
hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqlanishi lozim. Zaxira va xarajatlar
bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi farq — mutlaq ko‘rsatkichlar moliyaviy
mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash
uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Shunday qilib, iqtisodiy adabiyotda
moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilishda eng asosiy muammo, uning iqtisodiy
mazmuni bo‘yicha iqtisodchi olimlar o‘rtasida hali kelishuv yo‘q. Moliyaviy
mustahkamlik ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiyati bo‘yicha ham iqtisodiy
adabiyotda xatoliklarga yo‘l quyishgan. Masalan A.N.Li va S.I.Shevchenkolar
tomonidan moliyaviy mustahkamlikning bir guruh ko‘rsatkichlari quyidagicha
aniqlanadi.
1. Mulkiy mustaqillik koeffitsienti
=
qqiymat
rtacha
o'
ing
aktivlarin
Korxona
kapitali
g
Korxonanin
(avtonomiya)
2. Moliyaviy mustahkamlik
koeffitsienti
=
qiymati
rtacha
o'
ing
aktivlarin
Korxona
lar
majburiyat
muddatli
uzoq
kapitali
Korxona
3. Moliyaviy koeffitsienti
=
qiymati
rtacha
o'
ing
aktivlarin
Korxona
kapital
Ichki
Ma’lumki, dinamik ko‘rsatkichlar ikki shaklda bo‘lishi mumkin. Bu lahzalik
(momentlik) dinamik ko‘rsatkichlar va oraliq dinamik ko‘rsatkichlar.
Lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar — aniq kunga keltirilgan ma’lumotlar, ya’ni har
oy, har chorakni birinchi kuniga, yilni boshiga, oxiriga keltirilgan ma’lumotlar.
Oraliq dinamik ko‘rsatkichlar - har bir davrga aniqlangan o‘rtacha miqdor
ma’lumotlar, ya’ni o‘rtacha bir oyga, bir chorakka, bir yilga.
Hodisalarni miqdoriy ifodalash qonuniyatining talablaridan biri shundan
iboratki, lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar asosan lahzalik dinamik ko‘rsatkichlari
bilan, oraliq dinamik ko‘rsatkichlar intervallik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanishi
lozim. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash uslubi bu
talabga javob bermaydi.
Ko‘rsatkichlarning maxrajida korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati keltirilgan,
ya’ni oraliq dinamik ko‘rsatkichlar. Bu ko‘rsatkichlarning sur’atida esa, o‘zlik
kapitalning, uzoq muddatli majburiyatlar, ishchi kapitalning qoldiq summalari
(davrning boshiga yoki oxiriga), ya’ni lahzalik dinamik ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Demak, foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri hisoblangan. Pirovardida,
moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan avval yana bir muammoni qurishga
to‘g‘ri keladi. Bu — moliyaviy mustahkamlikni tahlil etishda foydalaniladigan
ko‘rsatkichlar tizimidir. Bu borada ham mualliflarning tavsiyalari turlicha.
A.N.Li, S.I.Shevchenkolar quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini tavsiya etganlar:
- joriy likvidlik (qo‘llash0; muhitli likvidlik; mutlaq likvidlik; harakatchan
42
likvidlik; ishchi kapitalning foydalanish samaradorligi; qarzdorlik dinamik omili;
moliyaviy qaramlik: o‘zlik-qaramlik; moliyaviy mustahkamlik; monevrganlik;
bankrotlik
koeffitsienti;
asosiy vositalarni yangilash; qarzlar ta’minlanish;
kreditorlarni mudofalanganligi koeffitsienti; debitorlik va kreditorlik qarzlar
o‘rtasidagi nisbat; aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat.
Ko‘rinib turibdiki, tavsiya qilingan ko‘rsatkichlar tizimida moliyaviy
mustahkamlik keng ravishda quriladi, moliya mustahkamligiga bog‘liq bo‘lmagan
ko‘rsatkichlar ham tavsiya etiladi.
A.D. Sheremet, R.S. Sayfulin «Bozor mustahkamligini baholash» sarlavhasi
ostida moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini
tavsiya etganlar:- avtonomiya; o‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lar
o‘rtasidagi nisbat; harakatchan va noharakatchan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat;
chaqqon harakat qilish; o‘z mablag‘lar bilan ta’minlanish; ishlab chiqarish mol-mulk;
uzoq muddatga qarz olish; qisqa muddatga olingan qarzlar; zaxiralar va xarajatlarning
shakllanish manbalari koeffitsienti.
Bu mualliflar ham moliyaviy mustahkamlikni keng ravishda ifoda etganlar.
V.G.Artemenko, M.V. Bellendir moliyaviy mustahkamlikni tahlil etish uchun
quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishgan: o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish
koeffitsienti; moddiy zaxiralarni o‘z mablag‘lar bilan ta’minlanish koeffitsienti; o‘z
kapitalining chaqqon harakat qilish koeffitsienti; doimiy aktivlar indeksi; uzoq
muddatga qarz olish koeffitsienti; eskirish koeffitsienti; kapitalning real qiymati
koeffitsienti; avtonomiya koeffitsienti; o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lar
o‘rtasidagi nisbat koeffitsienti.
Bu tavsiya qilingan ko‘rsatkichlar tizimida bevosita moliyaviy mustahkamlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar kam bo‘lib (bitta-ikkita), ular moliyaviy mustahkamlik
darajasini tahlil etish imkoniyatini bermaydi.
I.T. Abdukarimov o‘z monografiyasiga moliyaviy mustaqillikni tahlil qilish
uchun
quyidagi
ko‘rsatkichlardan
foydalangan:
avtonomiya;
moliyaviy
mustahkamlik; moliyaviy qaramlik; o‘z kapitalining chaqqonlik; qarzga olingan
mablag‘larni yiriklashtirish; qarzga olingan o‘zlik kapitallar o‘rtasidagi nisbat
koeffitsienti.
Fikrimizcha bu ko‘rsatkichlar tizimi ham moliyaviy mustahkamlikni har
tomonlama tahlil qilish imkoniyatiga ega emas.
Yuqorida keltirilgan mualliflarning tavsiyalarini tahlil qilish ba’zan quyidagi
xulosalarga olib keldi:
Birinchidan, moliyaviy mustahkamlikni mazmuni mualliflar tomonidan har xil
ifodalanyapti.
Ikkinchidan, moliyaviy mustahkamlik moliyaviy holatning boshqa yo‘nalishlari,
shakllari-moliyaviy barqarorlik, balans likvidligi bilan aralashtirilib yuborilmoqda.
Uchinchidan, moliyaviy mustahkamlikni tahlil etish uchun har xil tizimdagi
ko‘rsatkichlar tavsiya etilmoqda va bu ko‘rsatkichlar tarkibida moliyaviy
mustahkamlikka aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar tavsiya etilmoqda.
To‘rtinchidan, tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar mualliflar tomonidan har xil usulda
aniqlanadi va bu borada xatoliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda.
Beshinchidan, qurilgan tavsiyalarda moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichlari
43
asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga bo‘linmayapti.
Ma’lumki, moliyaviy mustahkamlik korxonalarda foydalanmayotgan ishlab
chiqarish zaxiralari va xarajatlari yoki moddiy aylanma mablag‘lar bilan ularni
qoplovchi manbalar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ta’riflaydi, baholaydi.
Moliyaviy mustahkamlikning har xil shakllarini, har tomonlama tahlil etish
uchun ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalanish lozim, ya’ni:
1. Asosiy ko‘rsatkichlar;
2. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar.
Dostları ilə paylaş: |