113
qisqa muddatga olingan qarz va kreditlar hisobidan qoplanadi. Bu majburiyatlarni tez
fursatda qaytarish lozim.
2. Inqirozga uchragan moliyaviy holat koeffitsienti. Korxona hamda
tashkilotlarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlari
ulardagi mavjud butun
manbalar — o‘zlik mablag‘larning manbalari, uzoq va qisqa muddatga olingan
qarzlar, kreditlar safarbar etilsa ham qoplanmaydi. Demak,
korxona va tashkilotlar
faoliyatni davom etish imkoniyatlariga ega emas.
3. Balansning mutlaq likvidlik koeffitsienti. Bu koeffitsient qisqa muddatga
olingan qarz va kreditlarni korxona hamda tashkilotlarda
mavjud naqd pullar
hisobidan qaytarib berish imkoniyatini ifodalaydi. Korxonalar balansining umumiy
va xususiy likvidlik koeffitsientlari korxonalarni qarzlardan qutilishda potentsial
imkoniyatlarini ko‘rsatsa, balansning mutlaq likvidlik
koeffitsienti ularning real
imkoniyatlarini ifodalaydi.
4. O‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat
koeffitsienti. Bu koeffitsientni ikki shaklda aniqlash maqsadga muvofiq:
- korxonalarning butun mablag‘lari aktivlari bilan korxonalarning butun
majburiyatlari, ya’ni uzoq va qisqa muddatga olingan qarz hamda kreditlar
o‘rtasidagi o‘zaro nisbat koeffitsienti. Bu koeffitsient
korxona aktivlarini uning
umumiy majburiyatlariga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi;
- korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma aktivlari bilan qisqa muddatga
olingan qarz hamda kreditlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat koeffitsienti.
Bu koeffitsient
korxona aktivlarini uning qisqa muddatli majburiyatlarga bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: