Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni
mustahkamlashga bir necha bor da'vat qilar ekan, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan
7
istiqlolga erishish tarixini chuqur o‘rganish muhimligini, qanday qiyin yo‘ldan
o‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlaydi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya'ni,
mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‘quv-uslubiy ta'minotga ega emas. So‘nggi
yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va ularning dinamikasi uni fan va
ta'lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‘taradi.
Bundan tashqari, "yangi avlodning o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va
nashrlarini tayyorlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan
sivilizasiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda
o‘rganishni taqozo etadi.
Yoshlar mustaqil ravishda ma'lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy
qabul qilishlari va tahlil qilishlari, o‘zlarining fuqarolik pozisiyalarini dalillar bilan
taqdim etishlari kerak.
Yosh avlodga e'tibor quyidagilarga bog‘liq. Globallashuv sharoitida
O‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta'siri zonasida qolmoqdalar,
ularning ba'zilari hatto mustaqil O‘zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan
siyosatni ataylab obro‘sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib
qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida O‘zbekistonning eng yangi
tarixi bilan bog‘liq axborot xavfsizligi tizimini ta'minlash zarur.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki
tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini qaror
toptirish yo‘lidir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri
– XXIasr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi
kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish,
O‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish,
mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining
ustuvor yo‘nalishlarini tushunishiga xizmat qiladi..
“Yaqin tarix” tushunchasi an'anaviylikdan farqli o‘laroq, tarixning "eng yangi"
falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini
8
yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga asoslangan.
U o‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot ob'ekti sifatida qarab, voqea-
hodisalarni tarixshunoslikning bir bo‘lagi sifatida o‘rganadi.
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor
tahlili - ma'lum mezonlarga ko‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish,
o‘rganilayotgan ob'ektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash
bo‘yicha; sosiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari - rasmiy manbalar bilan bir
qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni
kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning o‘zaro
munosabati va o‘zaro ta'sirini tahlil qilishga imkon beradi. Ko‘p bosqichli tahlildan
foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga
yordam beradi.
Yaqin tarixni har tomonlama o‘rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir.
Zamonaviy davr tarixini o‘rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish tavsiya
etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni
o‘rganishga asoslangan holda muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak.
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan O‘zbekiston
zamonaviy tarix fanida quyidagilar muammoli masalalarga aylandi:
• Ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati.
• Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari.
• Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni.
* Xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni.
• Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat.
• Mintaqaviy va milliy xavfsizlik.
• Millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k.
Zamonaviy tarix masalalari bo‘yicha tematik tadqiqotlar sohasi hali ham
yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning
uchun ham zamonaviy tarixni o‘rganishga butun tarix faniga xos bo‘lgan yangi
yo‘nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta'minlash
muhimdir.
|