Aktivlar sifatini tasniflash tizimi har bir tijorat
bankida amal qilinadigan
me’yor hisoblanadi va bu holat mezonlar asosida baholanadi.
Qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar bo'yicha baholanadi:
-
tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendentsiyasi va istiqboli;
-
muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy
raqobatbardoshligi;
-
moliyaviy holati va
kredit olishga qodirligi;
-
kredit tarixi, kredit ta'minotining yomonlashuvi yoki likvidliligining
pasayishi;
-
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
-
rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo'lsa).
Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari yuqorida keltirilgan mezonlarga
asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa
aktivlaridagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo'llaniladi.
Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko'ra “standart”, “substandard”, “qoniqarsiz”,
“shubhali” va “umidsiz” toifalarga
tasniflanadi
17
.
Qarzlarning o'z muddatida to'lanishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar
sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror
hisoblanadi,
u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda
barcha mavjud majburiyatlarni,
jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli
pul mablag‘lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo'lgan strategik
rejaga, bozorda
raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga
va o'z mahsuloti bo'yicha marketing rejasiga ega bo'ladi. Ta'minot “yaxshi
ta'minlangan” kredit mezonlariga mos keladi.Ta'minot turlari notarial jihatdan
tasdiqlangan,
zarur hollarda, tegishli mulk bitimini ro'yxatdan o'tkazish uchun
belgilangan tartibda ro'yxatga olinishi, shu jumladan, tijorat bankining garov mol-
mulkiga doir huquqlari to'g‘risidagi yozuv garov reestrida aks ettirilishi lozim.
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni
17
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlarni
sifatini
tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomi.
ta'minot hisobidan undirib olishga haqli. Ta'minotga doir taqdim etilayotgan barcha
hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: