O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati. Ishsizlikning 
tarqalishi muayyan vaqt mobaynidagi ishsizlik maqomiga ega bo’lgan 
kishilarning umumiy sonini bildiradi. Mazkur davrning oxiriga kelib, 
uning ishsizlik maqomini saqlab qolgan-qolmaganligi bu erda rol 
o’ynamaydi. U mazkur davrning boshida hisobda turgan va ishsiz deb 
topilganlarning umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda 
mavjud bo’lgan statistika hisobi umuman ishsizlarning tarqalganligini
shuningdek, ayrim ijtimoiy-demografik guruhlar bo’yicha: ayollar, 
erkaklar, yoshlar, qishloqlar hamda shaharlarda yashovchi shaxslar va 
hokazolar sifatida aniqlash imkonini beradi.
Ishsizlar sonining harakati muayyan vaqt mobaynidagi quyidagi 
ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: mazkur davrning boshida qancha kishi 
ishsizlik maqomiga ega edi, yangidan qancha kishi ro’yxatga olingan, 
qancha kishi hisobdan chiqarilgan (shu jumladan, ishga joylashgan
muddatidan oldin pensiya olishga rasmiylashtirilgan va boshqa sabablar 
bilan), davr oxirida qancha ishsiz hisobda qolgan? Bunday harakat ham 
umuman, ham ayrim ijtimoiydemografik guruhlar bo’yicha ham hisoblab 
chiqiladi. Shu yo’l bilan ishsizlar harakati qanchalik intensiv bo’lganligi va 
konkret aholi guruhlari bo’yicha bu harakatdagi farqlar qanchalik jiddiy 
bo’lganligiga baho beriladi.
Ishsizlikning davomiyligi - ishsizlik maqomiga ega bo’lgan 
shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o’rtacha qancha 


110 
davom etganligini ko’rsatuvchi hajmdir. Shuningdek, bu davrda ulardan 
qanchasi ishga joylashganligi ham hisobga olinadi. Mazkur hajm ikki 
ko’rsatkich bilan belgilanadi. Birinchi ko’rsatkich, ishsiz sifatida hisobga 
olinganlar o’rta hisobda qancha oy mobaynida ishsiz bo’lganliklaridan 
dalolat beradi. Ikkinchi ko’rsatkich, mazkur davrda ishsiz bo’lganlardan 
qanchasi o’rta hisobda necha oy ishsiz o’tirganligi va ish topganligini aks 
ettiradi.
Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko’rsatkichi alohida 
ahamiyatga egadir. Ishsizlikning o’rtacha davomiyligi va uzoq vaqt 
ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy 
ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda 
ishsizlarning asosiy qismi tezda (1—4 oy ichida) yangi ish joyi topishi 
mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko’proq muddat ish 
topolmay yuradilar.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin