111
Qishloq
aholisini
ishsizlar
toifasiga
kiritish
mezonlarini
aniqlashtirish zarur. Yer uchastkasi muayyan miqdorda va shaxsiy
yordamchi xo’jaligi tovar mahsulot berish darajasida bo’lgan taqdirda, u
mustaqil shug’ullanuvchi sifatida qaralishi mumkin. Yer uchastkasi va
fermer xo’jaligini tashkil etish uchun kredit berish taklif etiladigan bo’lsa,
qishloq aholisiga nisbatan «muvofiq ish joyini» taklif qilish sifatida
qaralishi mumkin, bunda qishloq ahlining uyida xo’jalik imoratlari va eng
kam miqdorda qishloq xo’jaligi asboblari mavjud bo’lishi nazarda tutiladi.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim shaxslar qonunlarimizning
mukammal emasligidan foydalanib, ishsizlik bo’yicha beriladigan
nafaqani qo’shimcha daromad manbai turlaridan biri deb qaraydilar,
o’zlari esa mustaqil ravishda ish bilan shug’ullanadilar yoki shartnoma
asosida ishlayotgan bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: