127
kadrlar qo’nimsizligi, mehnatga rag’batlantirish va shu kabilarning pasayib
ketganligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch keldi.
Xodimning ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklanganligidan,
mehnatning bir
xilligi va qiyofasizligidan, unda o’zining shaxsiy ijodiy
imkoniyatini namoyon qilish mumkin emasligidan qoniqmasligi 60-70-
yillarda ko’zga tashlandi. O’sha davrda Evropaning bir qator
mamlakatlarida mehnat operatsiyalarini batafsil tabaqalashtirish, konveyer
tipidagi va teylorcha boshqaruv usulidagi bir xil mehnat bilan bog’liq
ishlab chiqarishlar uchun malakali ish kuchining etishmasligi sezildi. Bu
xildagi korxonalarda band bo’lgan xodimlar orasida absenteizm -
umumtashkiliy
ishlarda
ishtirok
etishdan
bosh
tortish,
kadrlar
qo’nimsizligi,
mehnat intizomining buzilishi, mehnat qilishga befarq
qarash va boshqa salbiy holatlar tarqaldi. Xodimlarning bunday
munosabati o’z natijasini bermay qolmadi. Bunday holatlar g’oyat xilma-
xil faktlarda: mahsulot sifatining pasayib ketishi,
ommaviy ravishda brak
(yaroqsiz) mahsulot chiqarishda, ish tashlashlarda, stixiyali va tashkiliy
norozilikning boshqa shakllarida namoyon bo’ldi.
Bularning hammasi
katta ijtimoiy va ishlab chiqarish xarajatlariga sabab bo’ldi, korxona
egalari va menejerlar tomonidan bularga javob tariqasida yuzaga kelgan
harakat «insoniy qiyofaga ega bo’lgan teylorizm» bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: