Pochta aloqa texnologiyalari


Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix30.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#91577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Dinshunoslik fanidan 2-joriy

4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. O’zbekistonda 
mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib 
kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. 
Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi. 
Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi 
tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar 
faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini 
tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi 
dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek 
boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor 
bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-
band).
Mazkur moddadan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish 
bilan bog’liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan:

diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda 
tayyorlash, saqlash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;

diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o’tkazish 
qoidalarini buzish; 

O’zbekiston Respublikasida g’ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari
oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash; 

nolegal diniy faoliyat bilan shug’ullanish; 

diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro’yxatdan 
o’tkazishdan bosh tortishi; 

dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o’smirlarning 
maxsus yig’ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo’lmagan mehnat, adabiyot va 
boshqa xildagi to’garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o’tkazish; 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin