INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference
49
tozalash tsexlari texnologik mashinalarining ustuvor ishlashi buziladi va paxta
xom ashyosining fizik-mexanik xossalari yomonlashadi.
«Ko’p» paxta tozalash korxonasida, PLPX turdagi oqim liniyasida o'tkazilgan
ishlab chiqarish sinovlaridan , paxta xom ashyosi 8-9% namligida oqim liniya
texnologik mashinalari ustivor va maksimal tozalash unumdorligi bilan ishlagan.
Birinchi nav paxta xom ashyosini qayta ishlashda, tozalash unumdorligi 90 % ni,
past navlarda 80-85 % ni tashkil etadi. Uzilishlar va iflos aralashmalarning
miqdori birinchi navlarda 2,5 %, past navlar uchun 7,2 %. Barcha variantlarda
tolaning namligi 6 % atrofida bo'lgan.
M.A.Abduraimov tomonidan 7-10 % namlikdagi paxta xom ashyosini tozalash
va quritishning optimal parametrlarini aniqlash maqsadida keng tadqiqotlar
o'tkazilgan. Tadqiqotlar natijasida, paxta xom ashyosini tozalashning optimal
namligi aniqlandi – 9-10 %. Bunda texnologik mashinalar ustivor va jihozlarning
tozalash unumdorligi yuqori (90-92 %) bo'lgan, uzilish va iflos aralashmalar
miqdori davlat standarti chegaralaridan oshmagan. Tola namligi esa 6 %
atrofida bo'lgan.
R.E.Uzoqov, M.A.Alievalarning quritish-tozalash tsexlaridagi texnologik
jarayonni tahlil qilishlariga, tozalash jarayonida paxta xom ashyosi namligi 9 %
gacha yuqori navlar uchun, past navlar uchun esa 15 % gacha deb tavsiya
qilingan.
Mualliflar ishlarda, tozalagichlarning unumli ishlashi uchun o'rta tolali paxta
xom ashyosining namligini 5-6 % gacha yetkazish, arrali jinlardan oldin esa 7-8
% gacha, ingichka tolali navlar uchun valikli jinlashda 6,5-7 % bo'lishi kerakligi
tavsiya etilgan.
Ishda ko'rsatilishicha, ifloslik va o'lik bo'yicha texnologik jihozlarni tozalash
unumdorligi paxta xom ashyosining namligini 2-nav uchun 7,4 dan 9,0 % gacha
va 7,9 dan 9,3 % gacha 3-nav uchun oshirilganda 6 % (2-nav) ga va 3,1 % (3-
nav) ga kamayganligi ko'rindi.
Ifloslik va o'lik bo'yicha tozalash unumdorligining pasayishi ma'lum oraliqda
nam tola tozalash intensivligining oshishi hisobiga yeyishib ketadi, ya'ni 2-nav
paxta xom ashyosi namligining oshishi (7,4 dan 9,2 % gacha) bir marta
tozalashdan so'ng tozalash unumdorligi bo'yicha farq 6,8 % ga, ikki martalik
tozalashda esa tegishli ravishda 6,0 va 6,8 %. 3-nav paxtani tozalashda bu farq
jinlashgacha 6,2 % ga kamayadi, tola tozalashdan so'ng 1,4 gacha kamayganlgi
ko'rsatilgan.
S.A.Fozilov va SH.X.Abdazimovlar paxta tozalash mashinasi samaradorligiga
asosiy ishchi organlarining ta'sirini o'rganish maqsadida ko'p barabanli