INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference
48
bilan birga uskunalarni oqilona va ixcham joylashtirish hisobiga korxonalarning
ishlab chiqarish maydonlari salkam ikki baravarga kamaydi, shu vaqtning o’zida
korxonalarning ishlab chiqarish quvvati oshdi va ulardagi ishlab chiqarish
unumdorligi ko’tarildi. Bugungi kunda modernizatsiya va rekonstruktsiya
qilingan paxta tozalash korxonalarida birgina yuqori sinfda ishlab chiqarilgan
paxta tolalariga ustama narxlar belgilanishini xisobga oladigan bo’lsak, unda
o’rtacha 10 ming tonna paxta tolasini ishlab chiqaradigan korxonada o’rtacha
700 ming AQSH dollari yoki 1,7 mlrd.so’m qo’shimcha foyda olish imkoniyati
mavjud bo’ladi.
Xom ashyoni tozalash texnika va texnologiyasini kompleks o'rganishni avvalgi
yillarda bu ishlar bilan shug'ullangan B.A.Levkovich, S.D.Boltaboev, A.N.Nuraliev,
S.A.Samandarov kabi olimlarning tadqiqotlarida kuzatish mumkin. Tozalash
texnika va texnologiyasini rivojlantirishda Ye.F.Budin, Yu.S.Sosnovskiy,
R.Z.Burnashev, G.I.Miroshnichenko, A.Jo'raev, A.E.Lugachev, A.Agzamovlarning
ishlari ham muhim o'rin tutadi. Paxta tozalash korxonalaridagi texnologik
jarayonlarga o'rnatilgan jihozlarning samaradorligini oshirishda, ularning
uzluksiz ishlashini ta'minlovchi xom ashyoning tarkibi sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Paxta xom ashyosini quritish va tozalashning optimal texnologik rejimlarini va
kattaliklarini tadqiq qilish borasida «Paxtatozalash» IIChB, TTESI va TGSKB ning
olimlari tomonidan qator ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganib. Bajarilgan ilmiy va
eksperimental tadqiqotlar paxta xom ashyosini qayta ishlash, paxta namligining
optimal asosini aniqlash imkonini yaratdi. Ular tomonidan tavsiya etilishicha, 9
% dan ortiq namlikdagi paxtani qayta ishlashda oqim liniyasida tozalash
unumdorligining kamayishi, tola nuqsonlari va ifloslik darajasining ko'payishi
kuzatildi. Bu holat tolali massa va iflosliklarning yopishish xususiyatini oshirish
orqali asoslanadi va tozalash jarayonining qiyinlashishiga olib keladi.
A.I.Uldyakov, Ye.F.Budin va S.A.Samandarovlar ning tadqiqotlarida
ko'rsatilishicha, tozalash jarayonida paxta xom ashyosining optimal namligi 8-9
% hisoblangan.
Amaliyotdan ko'rinadiki, 8-9 % dan ortiq namlikdagi paxta xom ashyosini qayta
ishlashda tola sifati yomonlashadi va texnologik mashinalarning tozalash
unumdorligi pasayadi.
Paxta xom ashyosini tashish va uni iflos aralashmalardan tozalash jarayonlarida
tozalagichlarning ishchi organlari bilan ko'p marotaba mexanik ta'sirlari paxta
xom ashyosi chigitlarining mexanik shikastlanishiga sabab bo'ladi . Buning
natijasida tola tarkibida har xil nuqsonlar hosil bo'ladi. SHu bilan birga quritish-