Texnologik qism



Yüklə 253,15 Kb.
səhifə1/14
tarix07.01.2024
ölçüsü253,15 Kb.
#204680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




MUNDARIJA






Kirish……………………………………………………

1

Asosiy qism……………………………










Konstruksiya haqida umumiy ma’lumot………………………







Payvandlash usulini tanlash……………………………………….




Texnologik qism







Payvand konstruksiyani yig’ish va payvandlash texnologik jarayonni tuzish








Payvandlash materiallarini tanlash va asoslash…………………







Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash………………………







Payvandlash rejimlarini hisoblash...................................................







Payvand konstruksiyani sifat nazorati.............................................







Payvandlash ishlarini me`yorlash………………………………...







Konstruktorlik qismi







Konstuksiyani yig’ish va payvandlash moslamasini loyihalash….







Konstruksiyani yig’ish va payvandlash uchastkasini loyihalash….







Iqtisodiy qism……………………………………………………..







Xayot faoliyati xavfsizligi………………………………………………







Loyixalash jarayonida mavjud bo’lgan xavfli va zararli ishlab-chiqarish omillari………………………………………………….





Bino bosh rejasi………………………………







Korxonada texnika xavfsizligi…………………………………...




5

Ishchilarning shaxsiy himoya vositalari. Ulardan foydalanish tartiblari………………………………………………………….





Ishlab-chiqarishda xar xil yuk tashuvchi vagonlarni ta’mirlayotganda xosil bo’lgan xavfli va zararli omillar, hamda ruxsat etilgan xavfli va zararli omillarning me’yorlari………….







Yongin xavfsizligi……………………………………………….







Atrof muhofazasi…………………………………………………




.

Hisob qismi………………………………………………………







Xulosa ……………………………………………







Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..





  1. KIRISH.

    1. Kirish

Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud bo‘lib, asosan mis buyumlar payvandlanar edi. Bunda mis avval qizdirilib, so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda o‘ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib, so‘ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanardi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan. Texnika sohasida keskin o'zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. Olim 1803-yilda yozgan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangiliklar» kitobida yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqlik manbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo‘q edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davrida elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan, elektrotexnik sanoati esa yo‘q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektr yurituvchi va elektr generatoming qurilmalar prinsipini yaratdi. Ingliz fizigi D. Maksvell matematik hisoblashlar bilan jarayonda hosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlari borasida olib borgan tadqiqotlari natijasida tenglama ishlab chiqdi. 3 1870-yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun elektr generator vazifasini bajaruvchi, mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi uzukli langar ishlab chiqdi. 1882-yilda rus muhandisi N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrod bilan elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi va o‘zining ixtirosiga «Elektrogefest» nomini berdi. 1886-yilda u «Elektr tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari» ga rus patentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchmauch, ustma-ust va b.), bular hozirgi kunda ham ishlatilmoqda. Olim qalin metallarni payvandlashda payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qoMlagan. Yupqa tunuka listlami payvandlashda, payvand birikmani payvandlashga tayyorlash uchun list chekkasi bo‘rti bukib tayyorlangan. Avvallari payvandlash sifatini oshirish uchun flyus, po‘latlarni payvandlashda kvarsli qum, marmar, misni payvandlashda esa bura va nashatir qo‘llanilar edi. 1888 - 1890-yillarda rus muhandisi N.G. Slavyanov eriydigan metallni elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr boshlaridan buyon elektr yoyli payvandlash usuli metallarni biriktirishda yetakchi sanoat usuli bo‘lib kelmoqda. Fransuz olimi Anri Lui Le Shatelye gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895-yilda u Fransiya Fanlar Akademiyasiga atsetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori haroratli alanga hosil qilish haqida hisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlami kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo'llab ko‘rdi. Birinchi atsetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi va unga Germaniyada 1903-yilda patent oldi. 1904-yilda Fransiyada kesish uchun atsetilen-kislorod gorelkasini qoMlashni sinab ko‘rishdi. Birinchi bo‘lib gaz yordamida payvandlash 1906-yilda Moskva texnika bilim yurtida amalga oshirildi. 1911-yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanishi asoschisi sifatida Peterburgdagi «Perun» zavodi hisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanib, birinchi gaz payvandchilar o‘qitilishi boshlangan edi. Elektr yoyi yordamida payvandlash mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar ukrainalik olim akademik Patonga tegishli. Payvandlash - metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki birikilayotgan qismlar orasini qizdirish bilan atomlararo birikish natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir.



Yüklə 253,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin