Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini
himoya qilish xarajatlari - sudlar, hakamlar
xarajatlari; shartnomani bajarish jarayonida
buzilgan huquqlarni tiklash uchun zarur
bo`lgan vaqt va resurslar sarflari, shuningdek
mulkchilik
huquqlarining
yaxshi
tafsirlanmagan va ishonchsiz himoyadan
ko`rilgan yo`qotishlar
O`lchash xarajatlari - bitim predmeti bo`lgan
tovarlar va xizmatlar sifatini o`lchash uchun
zarur bo`lgan xarajatlar
Shartnoma tuzish xarajatlari - bitimni
yuridik
yoki
xufyona
(norasmiy)
rasmiylashtirish xarajatlari
Uchinchi
shaxslardan
himoyalash
xarajatlari - uchinchi shaxslar (davlat,
uyushgan jinoyatchilik va h.k.)ning bitim
natijasida olinadigan foydali samara qismiga
e’tirozlaridan himoyalash xarajatlari
Transaksiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash
masalasiga nisbatan mikro va makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi.
Masalan, kvartiradan foydalanish huquqining mulkdor tomonidan ijarachiga
topshirilishini nazarda tutuvchi kvartirani ijaraga olish bo`yicha bitim tuzishda
ijarachining transaksiya xarajatlari quyidagi shakllarga ega bo`ladi:
6.4.-jadval
Kvartira ijarasi bo`yicha transaksiya xarajatlari
Xarajat mazmuni
Xarajat shakli
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi
narxlar haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari:
maxsus nashrlarni xarid qilish va e’lonlar bo`yicha
qo`ng`iroqlar yoki rieltorlik firmasiga murojaat etish;
Pul shaklidagi xarajatlar
va vaqt sarflari;
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning
alohida shartlari haqida muloqatlar olib borish
xarajatlari;
Vositachi sarflari va vaqt
sarflari;
Tanlangan kvartiralarni borib ko`rish jarayonida uy-
joy sifatini baholash xarajatlari
Vositachi
zimmasiga
yuklatish
mumkin
bo`lgan vaqt sarflari va
transport xarajatlari
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni
notarial tasdiqlash xarajatlari;
Pul shaklidagi xarajatlar;


79
Mulkdorning ijara shartlarini o`zgartirish (ijara
to`lovini oshirish) bo`yicha opportunizmni oldini olish
xarajatlari;
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan
e’tiroz bildirgan va G’ yoki shartnomani muddatidan
oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal
qilishi muddatiga berilgan foydalanish huquqini
himoya qilish xarajatlari
Vaqt sarflari va sudga
murojaat etish bilan
bog`liq pul shaklidagi
xarajatlar
.
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlarini miqdoriy baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil
qilish, yoki o`rtacha soatlik ish haqiga ko`paytirilgan bevosita pul xarajatlari va
vaqt sarflarini qo`shish yordamida erishish mumkin.
Xulosa
Mulk xuquqini taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va
uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi
asosiy o`rin egalladi. Bunda egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, topshirish
qoldiq qiymatni olish, xavfsizlik, meros, muddatsizlik,zararli foydalanishni
taqiqlash, undirish va boshqa xuquqlarning mutanosibligi muhim. Kouz
teoremasining to`liq mazmuni quyidagicha ifodalanadi: agar mulkchilik huquqlari
aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar daromad
samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining
taqsimlanishidagi o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi
o`zgarmasdan qoladi. Teoremaning shartining birinchi xususiyatiga ko`ra,
transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining
muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini
tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Ikkinchi xususiyat
esa, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq
amaliy misollardan foydalanilgan. Qayta guruhlangan mulk deganda qonun bilan
mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat
mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi»
tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni
qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va
tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan
nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish
firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi. Transaksiya xarajatlari – bu
mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq barcha xarajatlar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin