ODAM VA HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR
Hasharotlar (Insecta, yoki Hexopoda) katta sinfi
Hasharotlar (Insecta, yoki Hexopoda) katta sinfi vakillari yer yuzida juda
keng tarqalgan boMib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan.
Hasharotlar - umurtqasiz hayvonlarning bo‘gMmoyoqlilar (Arthropoda) tipi,
traxeyalilar (Tracheata)
kenja tipi, hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar
(Hexapoda) katta sinfiga mansubdir. Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan
va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlaming 1,5-2
mln. atrofida turlari borligi ma’lum. Mutaxassislaming fikricha,
yer yuzida
hasharotlaming 3-4 mln. va hatto 8-10 mln. ga yaqin turlari bor deb faraz qilinadi.
Chunki kam o‘rganilgan tropik mamlakatlardan har yili hasharotlaming 7-8
mingga yaqin yangi turlari topilib turadi. MDH da hasharotlaming 100 ming turi, 0
‘zbekistonda esa ulaming 23 mingdan ortiq turi aniqlangan. Umuman
hasharotlaming turlari va soni qolgan hamma hayvon va o‘simlik turlarini qo‘shib
hisoblagandan ham ko‘p. Hashoratlarning shakli, rangi, katta kichikligi turli tuman
boMib, kattaiigi 0,2 mm. dan 30 sm. gacha boradi. Tanasi aniq bosh, kockrak va
qorin qismlarga ajralgan. Bosh qismi 5-6 ta bo'gMmiarning qo‘shilishidan, ko‘krak
qismi 3 ta bo‘g‘imlardan, qorin qismi esa 6-11 ta bo‘gMmlardan tashkil topgan.
Bosh qismida bir juft mo‘y!ovi, bir juft fasetkali, bir yoki bir necha oddiy ko'zlari
va ogMz apparati joylashgan. Ko‘krak qismida uch juft oyoqlar, ikki yoki bir juft
qanotlar joylashgan. Hasharotlar juda xilma-xil va ko‘p sonli boMishi tufayli
tabiatda sodir boMib turadigan moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.
Ular orasida erkin yashovchilari ham, o‘simlik zararkunandalari ham, odam va
hayvonlarning
parazitlari ham, har xil infektsion va invazion kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiruvchilari ham, insonga va xalq xo‘-
jaligiga foyda
keltiruvchi turlari ham mavjud.
Parazit hasharotlar
Xususiyatlari
Bit
Odam va hayvonlarda parazitlik
qiladi
Burga
Odam va hayvonlarda parazitlik qiladi
Kana
Odam va hayvonlarda parazitlik qiladi
Hashoratlarning ko‘pchiligi gulli o‘simliklami changlatuvchi, bir qancha
hayvonlarning
asosiy ozigM, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanuvchi
nekrofaglari (oMaksaxo‘rlar) va go‘ngxo‘r-kaprofaglari boMib, tabiiy sanitarlar
vazifasini bajaradi. Go‘ngxocr hasharotlar, uning chirishiga, ya’ni tuproq hosil In•
Ii-i|tii'ii yniilain beradi. olinadigan mahsulotlar inson uchun oziq va kiyimIwltflk,
ftirnuUseftika va bo'yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo hlNohliniiuli.
Shuning bilan bir qatorda, hasharotlar orasida tirik o'simlik K fa h iia ri bilan
oziqlanib, qishloq xo‘jalik ekinlari va bog'larga katta Wirnr kclliruvchi turlari ham
anchagina. Hasharotlardan burgalar, bitlar, ko'pchilik ikki qanotlilar (chivinlar,
iskabtoparlar, pashshalar) va ayrim qandalalar qon so4rib, odam va hayvonlarni
2
bezovta qiladi; hayvonlaming mahsuldorligini keskin
kamayib ketishiga sabab
bo'ladi. Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa, katta ziyon
yetkazadi. Ulardan bir guruhi (chivinlar, moshkarlar, iskabtoparlar, qonso'ruvchi
pashshalar) kasallik ko'zg'atuvchi raikroorganizmlarni og'iz
organlari orqali
yuqtirsa, boshqalari (bitlar, burgalar, pashshalar) so'lagi, axlati yoki boshqa
iflosliklari orqali yuqtiradi. Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon
so'rayotganida yuqtiradi. Toshmali terlama kasal ko'zg'atuvchisi bitlaming axlati
bilan odam terisiga tushib qoladi va keyin jarohatlangan teri orqali qonga o'tadi.
Pashshalar bakteriyalar va gelmintlaming
tuxumlarini oyoqlari, xartumi yoki
ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan
ko'rinib turibdi-ki, hasharotlaming ko'pchiligi tabiatda, inson hayotida va qishloq
xo'jaligida muhim ijobiy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, hasharotlar sinfiga
kiruvchi bir qancha turlari parazitlar hisoblanib,
mahsuldor hayvonlarga va
odamlar sog'ligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu sababli hashoratlami o'rganish
nazariy va amaliy jihatidan muhim ahamiyatga ega. Zoologiyaning hashoratlami
o'rganuvchi bo'limi - entomologiya deb ataladi. Quyida mahsuldor hayvonlar va
odamlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar to'g'risida ma’lumotlar keltiriladi.