Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bayonlar-to’plami

KAMOLIDDIN BEHZOD 
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455- yilda Hirotda 
kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, yoshligida yetim qolgan. Behzodning 
musavvirlikdagi iste'dodini payqagan Mirak naqqosh uni o‘z tarbiyasiga olgan. 
Behzod musavvirlikni naqqosh Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. 
Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi 
Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470 - 
yillarda boshlangan. 
Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 
1512 - yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san'atkorlar Hirotdan chiqib 
ketdi. 1520- yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta 
imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi.
Behzod Taxmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini 
qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi. Shayx Sa’diyningg “Bo‘ston”iga 
ishlangan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488 - yilda Sulton 
Husayn buyurtmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot 
manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir – biriga mos, asarlaridagi 
shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi 
rassom sifatida ko‘zga tashlanadi.
Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning 
“Majnun va Layli” asariga ishlangan miniaturalari butun dunyoga mashhur. 
Behzod ijodi o‘z davridayoq rassomchilik maktabi bo‘lib qolgan. Darvesh 
Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. 
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535 - yilda Hirotda vafot etgan. (207ta so’z) 
 
YAXSHI SO’Z -MUXTASAR 
Bir donishmanddan shogirdlari: 
-Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz?- deb so’radilar.


23 
Donishmand: 
-Hech qayerda hech kimga birorta so`z so`zlamang, sukut eting ,-deb javob 
berdi. 
Shunda shogirdlari: 
-Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo`l 
ko`rsating!-dedilar. 
Donishmand maslahat berdi: 
-Sukut eta olmasangiz, so`zlang , lekin qisqa va ma`noli so`zlang , 
og`zingizdan sira nojo`ya so`z chiqmasin. Yomon so`z tinglovchining so`zini xira 
qiladi, bundan saqlaning. 
Bayt: 
Yaxshi so`zdan ko`rasan mehr-u vafo, 
Nomunosib so`zlasang, yetkay jafo. 
Ha, til bo`lsa ham, bo`lmasa ham - boshga balo. Shuning uchun 
donishmandlar so`zni doriga o`xshatadilar. ”Ortiqchasi zarar keltiradi,”- deydilar. 
Bu fikrni ulug` bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o`zining ”Qutadg`u bilig” nomli 
ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: 
Tilingni avayla – omondir boshing, 
So`ziningni avayla – uzayar yoshining. 
Kishi so`z tufayli bo`ladi malik, 
Ortiq so`z qiladi va boshni egik. 
Bu fikrlar bundan o`n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana 
qanchadan- qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO`Zga 
bo`lgan munosabati hamon turligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri
Tolib Yo`ldosh shunday izohlaydi:
Bir so`z bilan har kishi
O`zligini ko`rsatar, 
So`z gavharin ko`pincha
Dono olar, ko`r sotar. 
Afsuski, o`zlarining bo`lar- bo`lmas gaplari, mahmadonaliklar bilan 
kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhim, ularning sog`lig`ini, qimmatli 
vaqtlarini og`irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq 
maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalrga ko`cha-ko`yda ham, oshxona va 
majlislarda ham, bazm –u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. 
Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan 
itga o`xshatadi va davom etib yozadi: “O`z gapirmoq hikmatga sabab. Og`ziga 
kelganni demoq- nodonning ishi va oldiha kelganni yemoq- hayvonning ishi “ 
Bayt: 
Ko`p demak birla bo`lmagil nodon,
Ko`p yemak birla bo’lmagil hayvon. 
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga 
ortiqcha erk bermasligi lozim. (181) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin