2
R.Toshniyozova, L.Mirzohidova. Bayonlar to’plami (5-9-sinflar).
Uslubiy
ko’rsatma.
36 bet, 2014-yil
Taqrizchilar: T.Qurbonov - SamDU , f.f.n., dots.
D.O’rinboyeva – SamVPKQTMOI, f.f.n. dots.
Mazkur uslubiy tavsiyanoma Samarqand VPKQTMOI Ilmiy kengashining 2014-yil
27 -dekabrda bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilgan va -sonli qarori
bilan nashr etishga ijozat berilgan.
3
Bayonni baholash mezonlari
O’quvchilarning yozma nutqini shakllantirish va fikr doirasini kengaytirish
uchun
bayon, ayniqsa, ijodiy bayonlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Maktab
amaliyotida yozma ishning bu turidan ko‘p foydalaniladi. Bayonlar badiiy asarni
yoki berilgan matnni yozma ravishda qayta hikoyalash xarakteridagi yozma ish
turidir. Bayonlardagi matnni qayta bayon qilish to‘liq bayon, qisqartirilgan bayon,
kengaytirilgan ijodiy bayon tarzida o‘tkaziladi. Har uchala xil bayonning ham
maqsadi boglanishli nutq o‘stirishdir. Lekin kengaytirilgan
bayonning inshoga
tayyorlashdagi ahamiyati katta. U o‘quvchining fikrlash doirasini, fantaziyasi va
bayon uslubini o‘stiradi va takomillashtiradi. Ushbu bayonlar to’plamida
o’quvchilar
jamoasining imkoniyati, qobiliyati, iste’dodi inobatga olinib,
turli
qiyinlik darajasidagi matnlar to’plangan. Shuningdek, ijodiy bayon talabi bilan
sinflar kesimida berilgan ba’zi matnlarga so’zlar miqdori kamaytirilgan.
Bayonni baholash uchun quyidagicha me’yor
va mezonni joriy qilishni
ma’qul ko‘rdik.
Matndagi so‘zlar miqdori:
5-sinf uchun 100-150;
6-sinf uchun 150-200;
7-sinf 250-300;
8-sinf uchun 300-350;
9- sinf uchun 400-450 va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin.