«5» ball:
1)mavzu rejaga muvofiq bo‘lsa; 2) asar voqealari to‘gri bayon qilingan bo‘lsa;
3) bayon mantiqli va muntazam bo‘lsa; 4) so‘z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi
adabiy til talablariga mos bo‘lsa; 5) savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo
yoki ishora xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.
«4» ball:
1) mavzu reja asosida yozilib, to‘liq yoritilsa, lekin kichik nuqsonlarga yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa: 2) fikr bayonida muntazamlik qisman buzilgan bo‘lsa: 3) so‘z
tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada 1-2 nuqsonga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 4) savodxonlikda 2 ta imlo yoki ishorat va 1ta uslubiy xato
mavjud bo‘lsa; umumiy xatolar soni 4 tadan oshmasa.
«3» ball:
1) mavzu to‘liq yoritilmagan bo‘lsa, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa;
2) aniq voqealarga izoh berishda nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 3) so‘z boyligi
va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; 4) savodxonlikda 3 tagacha imlo va
ishorat hamda 3 ta uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
«2» ball:
Asar mazmunini yoritishda nuqsonlar ko‘p bo‘lsa, ish rejaga mos bo‘lmasa, fikr
bayonida nuqsonlar bo‘lsa; so‘z boyligi juda kam bo‘lsa, mazmun va ifodada
4
5-6 tagacha nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, savodxonlikda 7 ta imlo, 7 ta gacha
ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
Bayonga 2 ta baho qo‘yiladi: 1 - mazmuniga: 2 – savodxonligiga.
O’rta maktab dasturini, me’yoriy grammatika talablarini yaxshi bilgan,
baholash mezonidan xabardor bo‘lgan mutaxassisgina yozma ishni talab
darajasida tekshirishi va baholashi mumkin.
Hozirgi kunda maktab dasturida xatolarni aniqlashning quyidagi usullari
faollashganligi ma’quldir:
1. Xatolarni miqdori va sifati (tip yoki xarakteri) jihatidan aniqlash.
2. Xatolarning miqdori va xususiy (individual)ligini aniqlash.
3. Xatolarni o‘tilgan yoki o‘tilmagan qoidalarga oidligi jihatidan aniqlash.
Xatolarni miqdor jihatidan aniqlash o‘quvchilarning umumiy savodxonlik
darajasini belgilash uchun qulay bo‘lib, bilimini oshirishda amaliy qiymatga ega
emas. O‘quvchilar bilimini oshirish va mustahkamlash, malakasini kengaytirishda
esa xatolar sifati (tipi va xarakteri)ga e’tibor berish muhim ilmiy-metodik va
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Har bir baho uchun me’yor va mezonni belgilashda xatolarning xarakteri,
tipi va miqdori hisobga olinadi. Bu jihatdan ular quyidagicha guruhlanadi:
a) qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan xatolar; b) bir xil yoki har xil tipdagi xatolar;
v) takroriy yoki tasodifiy xatolar; g) o‘tilgan mavzuga doir yoki tegishli
bo‘lmagan xatolar.
Qo‘pol (jiddiy) va qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xatolar quyidagi tamoyillar
asosida belgilanadi:
Qo‘pol (jiddiy) xatolar:
1. Dastur hajmi va talab darajasidagi ona tili qoidalarini yaxshi
o‘zlashtirmaslik, har bir sinf uchun mo‘ljallangan va o‘tilgan orfografik,
punktuatsion qoidalarni puxta bilmaslik, ulardan yozma ishlarda to‘gri foydalana
olmaslik.
2. Sodir bo‘lgan xato tufayli so‘z ma’nosi va gap mazmunining jiddiy
o‘zgarishi hamda farqlanishi (masalan, qattiq o‘rnida qatiq; davo o‘rnida da’vo,
sur’at o‘rnida surat yozish kabi holatlar).
3. Juft so‘zlarni yozishda, satrdan satrga ko‘chirishda defis qo‘ymaslik,
shuningdek, defis o‘rnida tire ishlatish va aksincha. Shuningdek, tire va defislarni
grafik jihatdan ham farqlab ishlatish zarur.
4. Muayyan gapga xos tinish belgilarini qo‘llamaslik yoki noo‘rin ishlatish (masalan, gap
oxirida qo‘yilishi shart bo‘lgan nuqta, so‘roq, undov, ko‘p nuqta, nuqtali vergul kabilarni
tushirib qoldirish).
6. So‘z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo‘llash:
a) kelishik qo‘shimchalarini qorishtirish, farqlamaslik qo‘pol uslubiy xato sanaladi;
b) yasovchi qo‘shimchalarni noto‘gri ishlatish: bevosita-bavosita, beobro‘-baobro‘;
sinfdosh-hamsinf;
Qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xatolar:
1) dastur doirasidan tashqari va eslatmalarda berilgan qoidalarni bilmaslik va yozma
ishlarda ularga amal qilmaslik;
2) sheva xatolari (ona o‘rnida oyi, aya, momo, chaqimchi o‘rnida chaqimboz, kiyik o‘rnida
5
kiyikcha; mol bozor o‘rnida hayvon bozor; to‘xtamoq o‘rnida bostirib to‘xtamoq kabi
qo‘llashlar);
3) ko‘ngil, tongi, o‘zingiz kabi so‘zlarda ng va boshqa harfiy birikmalarni ajratib
ko‘chirish: ko‘n-gil, sin-gil, yan-gi, ton-gi, o‘zin-giz kabi;
4) bir tinish belgisi o‘rinda ikkinchisini almashtirib qo‘llash yoki qo‘sh tinish belgilardan
birortasini tushirib qoldirish (masalan, gap o‘rtasida kelgan undalmalar, undovlarni faqat bir
tomondan ajratish; qavslar yoki qo‘shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi;
5) ba’zi joy nomlari, shaxs otlari yoki personajlar ismini nuqsonli yozish (Xamrobibi-
Xamrobuvi);
6) tinish belgilarning birgalikda ishlatilishidagi tartibning buzilishi yoki bittasining tushib
qolishi:?! shaklda emas, !? shaklda qo‘llash, !... shaklda emas, ??? shaklda ishlatish kabi;
7) sostavli atoqli atamalarni yozishda bosh harflarni nuqsonli ishlatish: Xalqlar do‘stligi
saroyi - Xalqlar Do‘stligi saroyi; Yangi Urganch - yangi Urganch kabi;
8) yarim qavsdan so‘ng nuqta ishlatish yoki undan keyingi so‘zni (turdosh otni) bosh harf
bilan yozish;
9) tinish belgilarini nomuvofiq va ortiqcha ishlatish;
10) ba’zi so‘zlarni ikki xil ishlatish: oliy qimmat, olihimmat, hamma vaqt - hammavaqt, ob-
havo - obhavo.
Bir xil va har xil tipdagi xatolar:
Muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion va uslubiy qoida
bilan bogliq bo‘lgan nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi
xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchi besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi
bitta orfografik xato hisoblanadi.
Agar o‘quvchi kirish so‘zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo‘l
qo‘ygan bo‘lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi. Bordi-yu, o‘quvchi vergulning
kirish so‘zlarda, uyushiq bo‘laklarda va boglovchisiz qo‘shma gap qismlari
orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa, bularning har biri alohida-alohida xato
sanaladi.
Agar o‘quvchi yozma ishda qaratqich belgisini uch o‘rnida noto‘gri qo‘llagan
bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.
Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ham uchrab turadi. Masalan,
tushunmoq, qutulmoq, turgunlik, sukunat kabi so‘zlar barcha o‘rinlarda to‘gri
yozilib, bir o‘rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi. Agar
qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato hisoblanadi.
Shuningdek, bir so‘z nuqsonli shaklda bir necha o‘rinda ishlatiladi: zarar so‘zi
zaral, tuproq so‘zi turpoq tarzida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan 1441 o‘rnida
1941 yozib qo‘yiladi. Bunday faktik xatolar ham keng ma’noda tasodifiy
nuqsonlar tipiga kiradi. SHuni ta’kidlash zarurki, takroriy va tasodifiy nuqsonlar
yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va
me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Quyidagi nuqsonlar yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydi:
1. Maktab grammatikasi doirasiga kirmagan orfografik, punktuatsion va uslubiy
nuqsonlar.
2. Xali o‘rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar.
3. Ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tekshirilmagan va yozilishi joriy etilmagan
nuqsonlar.
6
4. Individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar.
Yozma ish xatolari ustida ishlash o‘qituvchidan e’tibor va ijodkorlik talab
qiladigan mashgulot turidir. Har bir o‘quvchiga yozma ishlardagi xatoni ko‘rsatib
qo‘yishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu xatolarni bartaraf qilish uchun yozma ish
muallifi bilan ishlash kerak bo‘ladi. O’qituvchi yozma ish xatolarini tasnif qilar
ekan, har bir xatoning kelib chiqish sabablarini tasavvur qiladi. O’quvchilarning
ko‘pchiligiga xos bo‘lgan va ayrim o‘quvchigagina xos bo‘lgan xatolarni hisobga
olib, xatolar ustida ishlash boshlanadi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalanish
mumkin:
1. Har bir o‘quvchining o‘z xatolari ustida ishlashi.
2. Ko‘pchilikka xos (tipik) xatolar ustida yozuv taxtasida ish olib borish.
3. Taxtadagi so‘zlar vositasida gaplar tuzish musobaqasi.
4. Mavzuga doir lugat diktantlari o‘tkazib borish.
5. Doimiy va muvaqqat savodxonlik lavhalari va taxtalaridan foydalanish.
6. Berilgan gap yoki jumla variantlarini tuzish musobaqasini o‘tkazish.
7. Eng maqul epigraf topish konkursini o‘tkazish.
8. Imlo lugati bilan ishlash.
9. Berilgan so‘z sinonimlarini topish (sinonimik qator hosil qilish).
10.Berilgan so‘z antonimlarini topish.
11. Asar qahramonlariga yoki adiblarga sifatlashlar topish.
12. Ustunlarga ajratib yozish mashqlarini o‘tkazish.
13. Adabiyot daftarida eng qiyin so‘zlar imlo lugatini tuzib borish.
14. «Qiyin so‘zlar zanjiri» o‘yinidan foydalanish.
15. Insho goyasi va mavzusiga mos maqollar topish.
16. Biron inshoga yoki uning parchasiga sarlavha topish.
17. Mo‘jizalar maydoni, charxpalak, boshqotirma tipidagi o‘yinlardan foydalanib,
qiyin so‘zlar yozilishini xotiraga singdirish.
18. Eng qiyin so‘zlarning rebusini tuzish.
19. Kompyuterda maxsus dastur asosida mashqlar o‘tkazish.
20. Matnlar vositasida savodxonlikni ko‘tarish va hokazo.
Yozma ishdagi xatolar ustida ishlash jarayonida yozma ish matnlari uchun faol
bo‘lgan leksika - 300-400 so‘z quyi sinflardan boshlab o‘quvchilarga singdirib
borilishi, ularni to‘gri yozishga doir mashqlar uzluksiz va tadrijiy ravishda
o‘tkazilib borishi yaxshi natija beradi. O’quvchining diqqati va xotirasini o‘yinlar
va mashqlar vositasida savodxonlik tomonga yo‘naltirishning yangi usullarini
o‘ylab topish va samarali qo‘llash ona tili va adabiyot fani o’qituvchilariga,
mutaxassislarga havola.
Dostları ilə paylaş: |