Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bayonlar-to’plami

5-SINF 
OZ ISHLA-SOZ ISHLA 



Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o’rgimchak ipak qurtiga: ”Men senga 
juda achinaman, birozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko’p vaqt sarf etasan. 
Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshidan 
oyog’igacha to’rt o’rab bitirdim. Menga o’xshab shoshib-pishib to’r o’rasang 
bo’lmaydimi?- dedi. Ipak qurti unga: ”To’g’ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen 
singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to’ring hech 
qimmatga ega emas, mening to’rim esa juda qimmatli to’r,”-deb javob beribdi.
Hissa: Shoshma-shosharlik bilan hech foyda hosil bo’lmaydi. Ishning soniga 
emas, sifatiga diqqat qilish lozim. Har qanday ishga chin dildan-astoydil 
yondashish kerak. ”Oz ishla, soz ishla” deb bekor aytmaganlar.
Bayt:
Shoshqaloqlik niholin o’tqazsang,
Bergusi meva pushaymonlik.(100 so’z) 
SHOH BAHROM HIKOYATI YOKI MASHQNING NATIJASI 
HAQIDA 
Shoh Bahrom o’zining go’zal va xushovoz kanizagi Fitna bilan kiyik oviga 
chiqdi. Ov vaqtida Bahrom kiyikni shunday ustalik bilan otdiki, bundan 
Bahromning o’zi ham bag’oyat hayratga keladi, ammo uning bu san’atiga 
Fitnaning tahsinlar o’qib hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi. Natijada u 
o’z sarkardasiga Fitnani o’ldirishni topshiradi. Qizning ko’p yolborib iltijo qilishi 
natijasida sarkarda uni o’zining shahardan tashqaridagi oromgohiga eltib qo’yadi.
Fitna har kuni u yerda kichik bir buzoqchani zinadan ko’tarib boloxonaga boqqani 
olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o’tadi va haligi kichik buzoqcha bahaybat 
novvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek, uni hech bir qiyinchiliksiz boloxona 
zinalaridan ko’tarib chiqishda davom etaveradi.
Kunlardan bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib, Bahromni o’z oromgohiga 
taklif etadi. Yuqorida aytilgan taajjub voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan shoh
hayratga keladi-da, Fitnani tanib, uzr so’raydi. Shoh Bahrom va Fitnaga bo’lgan 
munosabatingizni bayon eting.(107 so’z)
GO’ZALLIK
Insonning aziz va mukarram qilib yaratilganligi ayon haqiqat va uning 
murakkab, tushunarsiz mavjudot ekanligi ham sir emas. Shu sababli bani bashar 
o’z hayotida ko’p qoqinadi, aksar yaxshilig-u yomonliklar ichida surinadi. 
Mirzakalon Ismoiliy bu nozik masalalar tegrasida nazokat va tabiiylik bilan qalam 
tebratadi. Binobarin, inson Olloh tomonidan yaratilgan jamiki suvrat-u 
siyratlarning mukammali ekan, u shunga monand ravishda fe’l-atvorga, go’zallikka 
ega bo’lmog’i lozim, lekin go’zallik deganda nimani tushunamiz? Shahlo ko’zlar, 
chiroyli kiyim-bosh, qimmatbaho taqinchoq-u bezaklarnimi? Menimcha, 
go’zallikning o’z qonunlari, qoliplari bor. Yuqorida sanalgan narsalar bilan 
”chiroyli odam” bo’lish mumkin, lekin ”go’zal inson” bo’lish uchun esa uni 
odamiylik fazilatlari to’ldirishi kerak. ”Go’zallik ham bamisoli daraxt. Yaprog’i-
axloq, ildizi-ichki dunyo, mevasi-yaxshi fazilat. Xulosa qilib aytganda, odam 
bolasidagi go’zallik tabiat ato qilgan husn-jamoldan tashqari, yana eng yaxshi 
xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan 



iboratdir. Mana shunda go’zallik insonga husn beradi. Bu xil go’zallik 
yaproqlarsiz, ildizlarsiz qurishi muqarrar bo’lgan daraxtga sira-sira o’xshamaydi, 
qurimaydigan, boqiy go’zallikdir,-deydi M.Ismoiliy.(127 so’z) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin