Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bayonlar-to’plami

 
USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA 
 
Har bir inson uchun o’z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va 
ehtiromini ado etish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini 
tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to’ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy 
kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod 
qiladi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, 
ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan 
foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga
yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan 
iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng 
yaxshi ishlar va vazifalar sari yo’l ko’rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga 
yetishingni o’ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o’ylab, butun kuch va 
imkoniyatingni ishga solishadi.
Muallim va ustozning vaqatlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga 
diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu biron nimani tushunmay qolsang, odob va 
muloyimlik bilan qayta so’rashing zarur. Muallim va ustozing nima so’rasalar 
kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so’zlarni saralab javob ber. Ilm 
maskanidan tashqarida yoki ko’cha-ko’yda ularni ko’rib qolsang, ta’zim bajo qil, 
qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber. (140 so’z) 
AHMAD AL-FARG`ONIY 
 
Ahmad al -Farg`oniyning to`liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad 
Ibn Kasir al-Farg`oniydir. 
U VIII asr oxilarida Qo`bo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Qo`va shahri 
o`sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo`lgan, 20 yoshgacha Qo`va 
shahrida yashab, shu yerda ta`lim oladi.
Uning nomi o`sha davrlardanoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad 
al-Farg`oniy nomi ko`p o`tmay shunchalik e`tibor qozondiki, 30-35 yoshlarda uni 
“Tinchlik shahri” d eb atalgan Bag`dodga “ Bilim uyi”, ya`ni ‘Xizonat-al hikma” 
yoki “Bayt –ul hikmat” ga taklif etishadi. Uning ko`pchilik asarlari Ma`mun 
huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur “Kitob javome’ ilm an nujum 
val - harakat as- samoviya” (“Astronimiaya va sayyoralar harakati “) kitobi ham 
o`sha davrda yaratildi.



Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya 
universitetlarida o`qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, 
Ya’qub Onaduliy tomonidan ibroniy tiliga o`girildi.
Ahmad al- Farg`oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo`ldi. Uning 
qo`lyozmalari dunyo bo`yicha tarqalgandir. Amerikaning Priniston universiteti, 
Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo`lyozmalari 
mavjudligi ro`yxatga olingan. 
Al-Farg`oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini 
tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o`zligimizni idrok etishimizda 
ibratli saboq bo`ladi.(116) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin