Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bayonlar-to’plami

ODOB OLTINDAN QIMMAT 
 
Odob keng qamrovli tushuncha. Har bir sohaning o‘z odob me’yorlari 
mavjud: nutq odobi, kiyinish odobi, ovqatlanish odobi. 
Ovqatlanish ham bir madaniyat. Unga ham odobga rioya etish zarur. Ovqatga 
kattalardan oldin qo‘l uzatmaslik, ovqat yeganda chapillamaslik, ovqat paytida 
gaplashmaslik lozim. 
Biror narsani uzatib yuborishlarini so‘rashdan oldin og‘zingizdagini yutib, 
salfetka yoki sochiqcha bilan og‘zingizni arting. 
Dasturxon atrofida qattiq kulish, baqirib gaplashish ham odobdan emas. 
Taomni qoshiq yoki sanchqi bilan olib yeyish kerak. 
Umuman, ovqatlanayotib ham kishi o‘zining madaniyati darajasini namoyish 
etadi.
Xalqda “Bola aziz, odobi undan aziz” degan naql bor. U bejiz aytilmagan. 
Odobli bolalarnigina katta-yu kichik yaxshi ko‘radi, hurmat qiladi. 
Odobli bola, eng avvalo, xushmuomala bo‘ladi, o‘zidan kattaga salom beradi. 
Jamoat transportida, boshqa yerlarda o‘zidan kattalarga joy beradi. Biror keksa 
odamga yukini olib borib berish, yo‘lni kesib o‘tishda yordamlashish ham 
odobning bir ko‘rinishi. 
Odobli kishi izzattalab ham bo‘lmaydi. U katta-yu kichikka birdek yaxshi 
muomalada bo‘ladi. (130ta so’z) 
 
REGISTON 
Samarqand ko‘hna tarixiy obidalarga boy shaharlardan biri. Shunday 
obidalardan biri - Registon uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular: 
Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir. 


13 
Ulug‘bek madrasasi 1471 - yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug‘bek 
qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Uning monumental
peshtoqlari yongumbazlari va minoralari hozir ham kishini hayratga soladi. Bu 
madrasa o‘z davrida ilm-fanning yirik markazi bo‘lgan. Madrasada yirik olimlar, 
jumladan, Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan.
Sherdor madrasasi 1619 – 1636 - yillarda Samarqand hukmdori Yalanto‘sh 
Bahodirning topshirig‘i bilan qurilgan. Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular 
rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb atalgan. 
Tillakori madrasasi 1647-1660 - yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan 
ishlangani uchun shunday nom olgan. Mazkur bino qurilishi bilan Registon 
maydonidagi ajoyib ansambl mukammal shakl olgan. 
Hozirda bu yerga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. Istiqlol davrida 
madrasalar qayta ta’mirlandi. Endilikda u yerda ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
“Sharq taronasi” xalqaro musiqa tanlovi fikrimizning dalilidir. (146ta so’z) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin