papilla uberis dan iborat bo’ladi.
Sigirlarning sut bezi juda yaxshi rivojlangan. Bezning har qaysi bo’lagi bir –
biridan ariqchalar orqali ajralib turadi. Sut yo’llari sisterna –
s. lactiferus ga
ochiladi. Sut bezining har bir bo’lagida so’rg’ichlar (emchaklar) bo’lib,
ularning
uzunligi 6 – 9 sm, shakli silindrsimondir. Har qaysi so’rg’ichning bittadan teshigi
bor.
Sut bezlari aslida teri bezlaridir.
Ayrim hayvonlarda, masalan, it va
mushuklarda ular ham erkak ham urg’ochi
hayvonlarda mavjud,
ammo erkak
hayvonlarda ular rivojlanmagan. Sut bezlari qorin va ko’krak
devorlarida, oq
liniyaning ikkala tomonlarida joylashadi. Urg’ochi itda 5 juft, mushukda esa 4 juft
sut bezlari bo’ladi. Har bir sut bezi bezli to’qima va stromadan tuzilgan bo’lib,
alveolalari ichidan sekretor epiteliy bilan qoplangan.
Drenajli kanallarga ishlab
chiqarilgan sut cho’ntaklar to’ri orqali yelin so’rg’ichiga tushadi. Itlarda har bir sut
bezida bitta so’rg’ich bo’lib, unda bir nechta teshiklar ochiladi.