4.
Ishlab
chiqaradigan
– ultrabinafsha nurlar teri yog’idagi
7- dihydrocholesterolni D vitaminga aylantiradi. U esa jigar va buyrakda to’planib
faollashadi, kalsiy organizmga singishini va metabolizmini kuchaytiradi.
5. Zaxiralovchi – yog’ teri ostida yog’ to’qimasi shaklida yotadi. U energiya
zaxirasi va issiq o’tkazmaydigan qavat funksiyalarini bajaradi.
6. Termoregulyatsiya – issiq ajralishini kamaytirish uchun teri
vazokonstriksiya hisobidan qonni tashqi yuzaga qo’ymaydi, xurpaygan junlar esa
havo
almashinishini sekinlashtiradi, bunga yog’ qatlami ham yordam beradi.
Tanani sovitish uchun ter ajraladi.
Teri epidermisi doim yangilanadigan ko’p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan
bo’lib, bir nechta qavatlardan iborat.
1. Bazal qavat – bir qavat bo’linadigan hujayralardan tuzilgan. pigmentli
hujayralarda melanin pigmenti mavjud.
2. Donador qavat – bu qavatning hujayralari nisbatan yassi bo’lib, keratin
oqsili bilan infiltratsiya qilingan.
3. Stratum Lucidum qavati – bu qavatning hujayralari yadrolarini yo’qotgan.
4. Muguzli qavat – epidermisning eng yuza qavati. Uning hujayralari oplgan
va to’liq keratinlashgan bo’ladi. Epidermisda qon tomirlar bo’lmaydi, uning
oziqlanishi dermaning qon tomirlari hisobidan amalga oshiriladi.
Derma terining eng chuqur qavati bo’lib, zich, tartibsiz joylashgan kollagen
va elastik tolalari mavjud biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Dermatit – terining yallig’lanishi. Hamma hayvonlarda, ammo it va mushuklarda
ayniqsa ko’p uchraydigan kasallik. Kasallikni qator
sabablar chaqiradi, ammo
asosiyini aniqlash qiyin bo’ladi. Allergik (atopik) dermatit ozuqali allergiyada
rivojlanadi, uni burga, kanalar, xonaning changi va opsimliklar gulchangi
chaqiradi. Kontaktli dermatitni kimyoviy qo’zg’atgich tanaga tekkanda hosil
bo’ladi.
Teri hosilalariga quyidagilar kiradi:
Jun –
pilus - qattiq shoxsimon organ bo’lib, epidermisning o’zgarishidan
kelib chiqqan, cho’ziluvchi va egiluvchan tolalardan tashkil topgan bo’ladi. Jun
tolalari tananing ko’pchilik qismini qoplaydi. U ba’zi joylarda juda zich, ba’zi
joylarda esa siyrak bo’ladi. Jun terida joylashishiga qarab bir necha xilga bo’linadi:
a) qoplovchi jun - mahsulot tayyorlash uchun foydalanilmaydi, faqat hayvonlar
tanasini qoplab turadi. Otlar, qoramol va cho’chqalar juni ana shunday jundir; b)
dag’al jun - tuzilishi jihatdan anchagina yo’g’on bo’ladi va tananing ayrim
joylarida uchraydi. Bularga boshdagi kokil, yol, dum, oyoqdagi uzun junlar kiradi;
v) mahsulot beruvchi jun - anchagina ingichka bo’ladi, bularga qo’y,
echki va
tuyalar juni kiradi; g) ta’sirni sezuvchi jun - juda siyrak bo’lib, og’iz, burun va ko’z
atrofida joylashadi. .
Terida bir qancha bez bo’lib, ularning tuzilishi va fiziologik vazifasi har
xildir. Bularga yog’, ter bezlari hamda sut bezlari kiradi.
Yog’ bezlari – glan
dulae sebaccae - alpveolyar (katakcha holida) tuzilgan
bo’ladi. Bu bezning chiqarish yo’li jun, jun ildizining qiniga ochiladi. Bez ishlab
chiqargan
quyuqlik teri yuzasiga chiqib, uni moylab turadi, surishdan saqlaydi,
teri doim elastik holda bo’ladi.
Ter bezlari – glan
dulae sudoriferae - kalava shaklida bo’lib, jun ildizining
qiniga yoki to’g’rirogpi epidermisga ochiladi. Ter bezlari yog’
bezlaridan ancha
chuqur joylashgan. Bu bezlar ter –
sudor, u bilan birga, har xil tuzlar, oqsil
moddalar ajratib chiqaradi. Terda oqsil borligi sababli u ko’piradi. Ter chiqqanda
organizm har xil keraksiz
moddalardan tozalanadi, jun namlanadi, organizm
soviydi.
Sut bezlari –
glandulae lactiferae - juda muhim organ bo’lib, faqat sut
emizuvchi hayvonlarda rivojlangan. Sut bezlari har ikkala jinsda ham bo’ladi,
ammo urg’ochi
hayvonlarda yaxshi rivojlanadi, chunki ular tug’ib, bolasini sut
bilan boqadi. Sut bezlarining har qaysi bo’lagi tana –
corpus uberis va so’rg’ich –
Dostları ilə paylaş: