Маvzu 03 yerdan foydalanish iqtisodiyoti fan



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#92811
  1   2
CNRRfvZdMFC4oy9pIzngRIXphO42GczhTgSXw8eO



Yerdan foydalanish kafedrasi, 
i.f.d 
Altiyev Abdurashid Sultonovich 
Yerdan foydalanishning ko’pmaqsadliligi 
va ko’pfunktsionalliligi. Jamiyat va 
iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer 
munosabatlari  
МАVZU 
03 
YERDAN FOYDALANISH 
IQTISODIYOTI
FAN: 


Reja 
• Yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va 
ko‘pfunksionalliligi 
• Yerdan foydalanishning iqtisodiy, ekologik, 
ijtimoiy samaradorliklari tushunchalari 
• Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va 
yer munosabatlari 
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI


Jamiyat va iqtisodiyot tomonidan yer resurslaridan foydalanish 
tinimsiz xarakterga ega bo„lgan ob‟ektiv jarayonni aks ettiradi, chunki 
jamiyat va iqtisodiyot o„zining moddiy va boshqa manfaatlarga bo„lgan 
doimiy o„sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish uchun yerdan 
foydalanishni to„xtata olmaydi, siklli takror ishlab chiqarish jarayoni 
kechadi. Chunki, foydalanilayotgan yer resurslari doimiy rivojlanuvchi 
jamiyat va iqtisodiyotning zarur manfaatlarini muttasil qondirish 
maqsadida takror ishlab chiqishni talab qiladi, jamiyat va 
iqtisodiyotning har xil moddiy va boshqa turdagi ehtiyojlarini qondirish 
talablari sababli ko„pmaqsadli va ko„pfunksiyali xarakterga ega. 
Yerdan foydalanishning 
ko‘p maqsadliligi va 
ko‘pfunksionalliligi 
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Shuni e‟tiborga olgan holda quyidagi 3.1-sxemada yer resurslaridan 
foydalanish tizimi yerning o„ziga xos xususiyatlari bilan o„zaro bog„liqligi 
ifodalangan bo„lib, bunda yer ko„p maqsadli va ko„p funksional ob‟ekt sifatida 
qaralmoqda va uning to„rtta qirrasi, ya‟ni “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-
kapital”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va “xo„jalik yuritish ob‟ekti” sifatidagi 
xususiyatlari har biri bo„yicha alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Tahlil 
natijalariga ko„ra, ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik va yerning ko„p funksionallik 
xususiyatlari yerdan foydalanish tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarida 
o„z aksini topishining o„ziga xos modeli sifatida baholash mumkin. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Yer makon asosi (inshoot va imoratlarni joylashtirish uchun) bo„lish bilan bir qatorda ishlab 
chiqarish vositasi, qishloq va o„rmon xo„jaligida esa, asosiy ishlab chiqarish vositasi ham bo„lib 
hisoblanadi – yerning unumdorligi mahsulot ishlab chiqarishga bevosita ta‟sir etadi va ko„pchilik 
hollarda uning natijasini belgilaydi. Boshqa tarmoq va sohalarda yer va uning unumdorligi bunday 
tavsifga ega bo„lmasada, u xo„jalik yuritishda muhim ishlab chiqarish vositasi bo„libgina qolmasdan, 
balki ishonchli aktiv va kapital ham hisoblanadi. Shuning uchun ham yer jahon amaliyotida “asosiy 
kapital” tushunchasiga kiritiladi va uning moddiy va ma‟naviy jihatdan eskirish xususiyatiga ega 
bo„lmasligi uni “tabiiy resurs”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va “xo„jalik yuritish ob‟ekti” sifatidan ham 
ko„ra ko„proq “iqtisodiy resurs-kapital” sifatida tadqiq etishga e‟tibor beriladi.


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Bunday yondashuv esa, birinchidan, yer resurslaridan foydalanish tizimi va uning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlariga oid ilmiy qarashlarning shakllanishiga, ikkinchidan, yer resurslaridan 
foydalanish jarayoniga ta‟sirchan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm usullarini qo„llash orqali yer 
resurslaridan samarali foydalanishni rag„batlantiruvchi uslublarni joriy qilishga va, uchinchidan, 
yer egasi va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari doirasini ilmiy asoslangan holda aniqlash 
imkonini beradi.
Xulosa o„rnida ta‟kidlash lozimki, nazariy jihatdan, avvalo yerni ko„p funksional ob‟ekt 
sifatida ifodalovchi “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-kapital”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va 
“xo„jalik yuritish ob‟ekti” tushunchalarining o„ziga xos xususiyatlarini to„g„ri talqin qilish va 
ular orasidagi farq va chegarani aniq belgilab olgandan so„nggina yerlarni soliqqa tortish, ularni 
kredit uchun garov ta‟minoti sifatida baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa 
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish haqida gapirish mumkin. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Ma‟lumotlarni tahlil qilish yer kurrasining umumiy maydoni, ya‟ni sathi 510 
mln km
2
yoki 51 mlrd gektarni tashkil etishini ko„rsatadi. SHundan 134 mln 
km
2
yoki 13,4 mlrd gektari yer fondidir. U qit‟alar bo„yicha quyidagicha 
taqsimlangan: jumladan Osiyo qit‟asida 33,1 foiz, Yevropada – 8,0 foiz, 
Afrikada – 22,5 foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy) – 30,1 foiz va nihoyat 
Avstraliya hamda Okeaniyada – 6,3 foiz. O„zbekistonning yer fondi 2019 
yilning 1 yanvariga ko„ra 44896,8 ming gektarni tashkil etadi. Jahonning 
hamda O„zbekiston Respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga 
ham ko„paytirish imkoni yo„q. Shuning uchun ham yer fondi iqtisodiyotda 
miqdor va sifat jihatidan cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin ushbu 
resurslarga jahondagi kabi O„zbekistonda ham ehtiyoj va talab yil sayin oshib 
bormoqda. Bunga eng asosiy sabab, birinchidan, aholi sonining tobora o„sib 
borishi bo„lsa, ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yer 
resurslariga bo„lgan ehtiyojlarining to„xtovsiz oshib borishidir. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Eng muhimi, urbanizatsiya va ekologik jarayonlarning yer fondi holatiga 
salbiy ta‟siri natijasida yer resurslarining degradatsiyalashuvi oqibatida 
foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan qulay yerlarning kamayib borishi yer 
fondining cheklanganligini yanada keskinlashtirib yubormoqda. Ayniqsa, aholi 
sonining ko„payishi natijasida uning barcha turdagi (uy-joy, korxonalar) 
qurilishlari uchun ma‟lum miqdordagi yer ajratilishi oqibatida foydalaniladigan 
yer maydoni kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan samarali va 
to„liq foydalanishni taqozo etadi. Jahonning ayrim qit‟a va mintaqalarida 
ushbu holat nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur muammoning 
yanada dolzarb bo„lishiga ko„plab omillar singari aholining joylashishi katta 
ta‟sir qilmoqda. Masalan, jahon aholisining 60,55 % Osiyo qit‟asida, 11,15 % 
Yevropada, 13,73 % Afrikada, 13,76 % Amerika qit‟asida va 0,81 % Avstraliya 
va Okeaniyada joylashgan. Bugungi kunga kelib esa jahon aholisi 8,0 
milliardga yaqinlashib qoldi. 



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin