Bola tarbiyalashda psixologik usullar ahamiyati


Journal of Advanced Research and Stability



Yüklə 487,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.04.2023
ölçüsü487,51 Kb.
#92852
1   2   3
Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 02 | fab - 2023 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
322 
hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati 
bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida 
qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan 
topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.O‘z burchini sezgan shaxsda esa 
o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, 
ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda 
tarbiyaning, maktab va oila tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib 
borilishi jiddiy e’tiborga molik.Oddiy tushunchalar ham har kimda har xil tezlik va quvvatda iz 
qoldiradi. Bu hodisa birinchi o‘rinda insonning shaxsiy xususiyat, qobiliyat va yoshi bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Mana shu o‘rinda biz birinchi bor shu paytgacha bola, deb aytib kelgan 
tushunchani ikkiga ajratishimiz lozim bo‘ladi, ya’ni qiz bola va o‘g‘il bolaga.To‘g‘ri, farzand 
tug‘ilgandan boshlab oilada uning 
jinsi
ga qarab muomala qilinadi va bu bilan jinsiy tarbiya 
oilada boshlab yuboriladi. Ammo boshlang‘ich maktab yoshiga kelib ayniqsa, ikkinchi, uchinchi 
sinflarda bolalarning jinsiy farqi ko‘payib boradi. Buni oilada alohida hisobga olinsagina oilaviy 
ruhiy muhitga putur yetmagan bo‘ladi va oila a’zolari oilaviy holatda o‘zlarini erkin 
sezadi.Xalqimiz orasida qadimdan bu narsaga e’tibor berilgan. Shuning uchun ham qiz bola 
yoshlikdanoq oilada yordam-chi sifatida ko‘zga tezroq tashlangan, uning sho‘xliklariga, akasi 
yoki ukasini tejab- tergashlariga «qiz bola-da», deb kattalar uni oldinroq sezishgan. 
Xalq, ko‘pchilik sezgan bu oddiy tushunchaning tagi uzoqqa ketadi. Ruhshunoslarning fiziolog, 
medik, pedagog va boshqa mutaxassis olimlarning kuzatishlardan kelib chiqib aytishlari shuni 
bildiradiki, qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda maktabning boshlang‘ich 1–3 sinf davrida 
faolroq bo‘lib, o‘g‘il bolalarni o‘sish va ulg‘ayishda ortda qoldiradi.Qiz bolalarning bunday 
tabiiy faolligini oila a’zolari albatta bilishlari kerak. Bu hol alohida e’tiborga olinsa, oilada 
shaxslarning o‘rni va xususiyatlari to‘liq hisobga olingan bo‘lib ruhiy muhiti ijobiylashib boradi. 
Aks holda qiz bolaning sho‘xliklariga noto‘g‘ri baho berilgan bo‘ladi. Qiz bola sho‘xlikda 
ayblanib, o‘g‘il bola nofaollikda salbiy baholanishi mumkin.Boshlang‘ich sinf, ya’ni olti – 
to‘qqiz yoshli bolalar maktabgacha yoshdagi qiliqlarini endi takrorlashmaydi. Yosh bola o‘jarlik 
qilib piyolani otib yuborishi mumkin, bu holda u piyolaning sinishini o‘ylab ham o‘tirmaydi. 
Ammo bunday ishni boshlang‘ich sinf bolasi qilmaydi. U endi bunday qiliqni o‘ziga ep 
ko‘rmaydi, chunki atrof, boshqalar uning bunday harakatiga qanday baho berishini u biladi va 
shundan uyaladi. Bu o‘rinda insonni jamiyat orasida shaxs sifatida shakllantiruvchi eng katta 
tuyg‘ulardan biri, mana shu keng ma’nodagi ijtimoiy tushuncha bo‘lmish, boshqa jonzotlar 
orasida uchramaydigan uyat ekanligini bilishimiz va unutmasligimiz kerak.Oilada bolani hech 
vaqt uyaltirmaslik va izza qilmaslik lozim. Har qanday inson boshqalar oldida uyalishni, 
uyalganlikni og‘ir esdan chiqaradi. Ko‘pchilik orasida izza bo‘lganligini bir umr esdan 
chiqarmasligi mumkin.Shunday ekan, oilangizda ruhiy muhit sog‘- lom bo‘lsin desangiz 
bolangizning hozirgina qilgan noo‘rin, xato, adashilgan, anglashilmovchilik yuzasidan, uning 
tajribasizligidan kelib chiqqan hatti-harakatini qoralab uni jazolab o‘tirmang, ayniqsa voqeani 
yuziga solib izza qilmang. Shu borada agar bu voqeadan uning biror tanishi voqif bo‘lishi xavfi 
bo‘lsa,kechinma yana-da kuchliroq tus olishi mumkin.Bolani xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
ishlardan ogohlantirib tarbiyalab borsangiz uning oiladagi o‘rnini kamsitmagan bo‘lasiz Piyola 
bolangizning qo‘lidan tushib ketib singanda emas, bu piyola sinib bo‘ldi, undan ko‘p vaqt ilgari 
ish buyurganingizda «ehtiyot bo‘l, sinib qolmasin», degan tarbiyaviy so‘zlardan boshlang.Bola 
o‘z irodasi bilan kunduz maktabda buyurilgan ishlarni bajarishga o‘rgansa, kechqurun ishdan 
qaytganingizdan keyin siz uni dars tayyorlashga o‘tirishga majbur qilishingizga o‘rin 
qolmaydi.O‘z burchini bajarish- ga majbur qilingan oila a’zosining oilada ruhiy o‘rni boshqalar 
bilan barobar bo`lishi mumkin emas.O‘z burchini majburan qilib o‘rgangan bola mustaqillikka 



Yüklə 487,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin