Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 02 | fab - 2023 ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz
321
BOLA TARBIYALASHDA PSIXOLOGIK USULLAR AHAMIYATI
Xurboyev Oxunjon Xudayberdi o`g`li
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti amaliy
psixologiya yo`nalishi 4-kurs talabasi
Annotatsiya: Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy
burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar
cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki, uz
shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan uning
oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z
obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z
shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi.
Kalit so`zlar: metodika,ruhiy salomatlik,psixologik yosh.
Asosiy qism
Bolalar psixologiyasi —
psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va
aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida
bu jarayon qanday kechishi, uni
harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasi ni
koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar.Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar
(maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi va rivojlanishini,
psixik xususiyatlar
qaror topishini, xilmaxil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini,
bolaning shaxs
sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan
tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi
yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar
oʻtkaziladi.Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda
turli yosh guruhlariga
taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir (alohida
tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz
navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi.
Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch, hurmat,qo'llab-
quvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish,Mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan
holatlar o'rgatiladi.
Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni
yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat
bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni
boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz.Bolalar
psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi.
U pedagogika
psixologiyasi, ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning
maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun,
umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda
Bolalar psixologiyasi
masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi qanchalik
hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi