Masalan, Rasul Muhammadiyev 1962-yilda e’lon qil gan
«Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:
«Qodirjon aka:
– Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta
osh, qovoq ham solasiz-a!
Ikromiddin:
–
Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har
xil ovqat qilganmiz: bu sho‘rva, oshqovoqda...
Ikromiddin:
–... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa
ovqat qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga
diqqat qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini
ko‘rib chiqaylik. Birinchidan, palak otib o‘sadigan poliz
o‘simligi. Ikkinchidan, shu o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan
idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib saqlanadi. Uchinchidan,
odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi teri. Askiya
matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi.
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlarning
laqablari bilan bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir
askiyabozlar raqiblarining laqablarini askiya
matniga
shunday singdirib yuborishar ediki, faqat askiyani nozik
tushunadigan tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib yetib
borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poyezdda
ketishayotganda do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga
tortar ekan, qori akaning ko‘zi ojizligiga shama qilib:
- Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! –
deydi. Erka qori yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-
pishib kupe derazasidan tashqariga qaragan bo‘ldi-da,
darhol
yuzini Mamayunus aka tomon burib:
– Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! –
221
221
deydi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho‘rtepa»
so‘zlarining ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko‘zi
ojiz, kal ma’nolarida tushunib yetmasa, askiyaning butun
mohiyati o‘z qadrini yo‘qotadi. Natijada, Mamayunus
akaning mahoratini ham, Erka qorining topqirligini ham
baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud.
Ularning eng
ommalashgani payrav, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz,
jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya, tugal, bo‘lasizmi, rabbiya,
afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining
kasbi, hududi, mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro
kelishib mavzu tanlashadi. Mavzular dehqonchilik, kosiblik,
o‘qituvchilik, badiiy asarlar, maqollar, paxta, imorat, tabobat
va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani
esdan chiqarmaslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida
pornografiya – uyatli ma’no ifodalash xususiyati bor. Aytish
kerakki, umuman, xalq og‘zaki ijodidagi deyarli hamma
janrlarda uyatli tushunchalarni pardali tasvirlash odatini
inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shiqlarda, topishmoqlarda,
latifalarda, dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar
tinglovchi auditoriyasini yanada qizdirish, e’tiborni o‘ta
jalb qilish, kulgi darajasini ko‘tarish maqsadida bu
usuldan
foydalanganlar. Ammo odob chegarasi ularning juda erkin
so‘z ishlatish va harakatlariga yo‘l qo‘ymagan. Shu bilan
birga askiya ijrosida iyhom san’atidan foydalangan holda
pornografik ma’noli askiya matnini qo‘llash tajribada ko‘proq
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham askiya erkaklar
o‘rtasida aytilganda, ayollarning davrada qatnashishi ma’qul
sanalmagan. Folklorshunoslikda ayollar o‘rtasida alohida
222
222
askiyalar bo‘lib turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o‘zbek xalq og‘zaki ijodining
so‘z o‘yini asosida shakllangan va ommalashgan o‘ziga
xos janri sifatida baholanishi mumkin.
Askiya jozibasi
asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan ijro etib
kelingan. Uning taraqqiyotiga bugungi kunda Jo‘raxon
aka Po‘latov, Bahodir Shokirov, Ne’matjon Toshmatov,
Akromjon Anvarov, Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Hasanov,
Muhammadsiddiq Shiryayev, Ubaydulla Abdullayev, Ma’ruf
Rahimov, Jaloliddin Rahimov, Xotamjon Hakimjonov,
Xotamjon Teshaboyev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa
qo‘shib kelmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: