Kremniyli qe asosiy parametrlarini aniqlash


Etalon quyosh elementlari va ularni graduirovka qilish usullari



Yüklə 359,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix04.04.2023
ölçüsü359,17 Kb.
#93002
1   2   3   4   5
5-Mavzu. QUYOSH ELEMENTINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI (1)

 
Etalon quyosh elementlari va ularni graduirovka qilish usullari 
Quyosh nurlanishi imitatorlarining nurlanish energiyasining spektral taqsimlanishi 
standart quyosh nurlanishidan albatta farq qiladi. QE sezgirligi selektiv (tanlovchi) 
bo‘lgani uchun QNI intensivligini noselektiv nurlanish qabullagichlari (radiometrlar)
bilan sozlash maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun, sezgirlikni hamda boshqa 
parametrlarni o‘lchashda maxsus etalonli quyosh elementlari qo‘llaniladi. Etalonli yoki 
standart QE – bu selektiv sezgirlikka ega bo‘lgan amaldagi radiometrlardir. 
Atmosfera massasining nisbatan bir xil qiymatliligiga qaramasdan quyosh 
nurlanishi oqimining zichligi atmosfera tarkibining oz miqdorda o‘zgarishiga qarab 
keskin o‘zgarishi mumkin. har xil atmosfera sharoitlarini taqqoslash natijasi shuni 
ko‘rsatadiki, quyosh nurlanishining oqim zichligi ayrim o‘zgarishlardan keyin 
noselektiv radiometrlar bilan o‘lchanganda, nurlanishning spektral tarkibi bir-biridan 


jiddiy farq qilganda ham, bir xil natijani ko‘rsatishi mumkin. Bunga sabab QE ning 
selektiv sezgirligining har xilligidir. hattoki, yuqori sifatli materialdan qilingan va 
effektivligi katta bo‘lgan QE larida ham, er sharoitida bir xil energetik yoritilganlik 
sharoitida o‘lchangan qisqa tutashuv toki Ikz, atmosfera holati har xil bo‘lsa, 
o‘lchangan tok farqi 15 % gacha bo‘lishi mumkin. 
Etalon QE larining qisqa tutashuv tokini aniqlab graduirovka qilishda standart 
yoritilganlikdan foydalanish talab qilinadi. Buning uchun etalon element yordamida 
QNI sozlanadi – ya’ni uning nurlanishi oqimi bashqarilgan holda o‘zgartirilib, qisqa 
tutashuv tokini standart holdagi Ikz ga teng bo‘lguncha davom ettiriladi. 
Ta’kidlash lozimki, QNI ish sohasining energetik yoritilganligi aslida aniq standart 
sharoitdagi optik nurlanishning energetik yoritilganligini takrorlamaydi. Bunga asosiy 
sabab, nurlanishni baholash konkret konstruksiyali selektiv sezgirlikka ega bo‘lgan, 
quyosh elementga ta’sir orqali amalga oshiyapti.
Misol, harorati 2850º K bo‘lgan cho‘g‘lanma yoritgichdan yoritilayotgan kremniy 
asosidagi, p-n o‘tish chuqurligi 0,5 mkm li QE ning qisqa tutashuv toki Ikz koinot 
sharoitida, energetik yoritilganligi
suvli filtrdan ( d = 40 mm li) keyin 780 Vt/m² ga teng bo‘lgan va filtrsiz esa 960 
Vt/ m² ga teng bo‘lgan element tokiga teng bo‘ladi. Bundan farqli, ikkala hol uchun 
xam etalon QE shunday lampa yorug‘ligida 1360 Vt/m² yoritilganlikni ko‘rsatadi. 
Etalon QE larini qo‘llash, nurlanish manbai sifatida energiyaning taqsimlanish 
spektri ixtiyoriy bo‘lgan holda ham, spektrlarini korreksiyalash mumkin bo‘lgan QNI 
yordamida aniqligi qoniqarli darajada bo‘lgan o‘lchovlar olib borishga imkon yaratadi. 
Bunday sharoitda QE ning fotoyelektrik xarakteristikasining o‘lchash xatoligi etalonli 
va o‘lchanayotgan elementlarning spektral sezgirligining farqi darajasi bilan 
aniqlanadi. Shuning uchun, etalon QE ga quyiladigan asosiy talablar quyidagicha – 
ularning optik xususiyatlari va spektral xarakteristikalari o‘lchanishi lozim bo‘lgan 
elementning shunday xarakteristikasiga monand bo‘lishi kerak. 
Etalon QE loyihalash va tayyorlash – bu ularning konstruksiyasini, metrologik 
xarakteristikalarining stabilligini o‘rganishni, garduirovka qilish usulini va ularni 
parametrlarini o‘lchash jixozlarini yaratishni va qo‘llashni taqozo qiladi. 
Etalon QE larini ishlatilish sharoitiga qarab turlicha konstruksiyali bo‘lishi 
mumkin, ularga quyiladigan asosiy talab – parametrlarining yuqori darajada 
stabilligining saqlanishidir. O‘z navbatida bu talab elementning haroratdan stabil va 
haroratni aniq o‘lchashni taqozo etadi. Etalonli quyosh elementning oddiy 
konstruksiyasi bu chuqurlashtirilgan metall plastinaga o‘rnatilgan va himoya sifatida 


frontal sirtiga shisha o‘rnatilgan variantidir. haroratni o‘zgarmas qilib ushlab turish 
uchun u issiqlikdan himoya qilingan taglikka o‘rnatiladi. 
Tayyorlash texnologiyasining doimiy mukammallashib borayotganligi tufayli va 
yangi turdagi QE lari yaratilayotganligi sababli spektral sezgirligi nostandart 
taqsimotga ega bo‘lgan elementlarning parametrlarini o‘lchash masalasi paydo 
bo‘lmoqda. Etalon sifatida ishlatiladigan QE, yo seriya qilib chiqarilayotgan 
elementlardan tanlanadi, yoki maxsus tayyorlanadi. Tanlash jarayonida asosiy diqqatni 
quyosh elementi tuzilmasining yon sirti tomonlarining sifatiga, shunt va ketma-ketlik 
qarshiliklarining kattaligiga qaratiladi. Bu maqsadda ishlatilishi ko‘zda tutilgan QE lari 
yuzasi bir jinsli, spektral sezgirligi stabil, qisqa tutashuv tokining harorat buyicha 
koyeffitsiyenti minimal bo‘lishi kerak. Yer sharoitida ishlatilishi ko‘zda tutilgan 
etalonli QE lari uchun spektral sezgirlikning tushayotgan optik nurlanish tushish 
burchagiga va qisqa tutashuv toki Ikz ning tushayotgan nurlanish oqimi zichligiga 
chiziqli munosabatda bo‘lish bog‘likligi amalda tekshiriladi. 
Etalon QE ni absolyut graduirovka qilish mashaqqatli ish bo‘lib, bu jarayon uzoq 
vaqtni va ko‘p xarajatni talab qiladi. Shuning uchun, bunday jarayonlar orqali olingan 
etalon elementlar ko‘rgazmali o‘lchash asboblarda birinchi etalon sifatida ishlatiladi. 
Etalonli QE lari qisqa tutashuv rejimida ishlatiladi va ularning graduirovka qilish 
jarayoni Quyosh nurlanishining spektral tarkibi va zichligi normirovka qilingan 
sharoitda qisqa tutashuv tokini aniqlashdan iboratdir. 
Gruduirovka qilishning ikki prinsipial farq qiluvchi turi mavjud.
1. Bevosita quyosh nurlanishidan foydalanish usuli, 
2. Laboratoriya sharoitida o‘lchov vositalarini va oldindan o‘lchangan davlat 
etalonini qo‘llash usuli. 
Yer sharoitida bevosita Quyosh nurlanishidan foydalanish usuli odatda kuproq 
ishlatiladi. Buning uchun asosan dengiz sathidan bir necha ming metr balandlikdagi 
tog‘ hududlaridan foydalaniladi va keyin olingan natijalar AM 0 sharoiti uchun 
ekstropolyasiya qilinadi.
Graduirovka qilish jarayonida etalon QE larining qisqa tutashuv toki qiymatini 
asta-sekin har xil atmosfera massalari uchun o‘zgartirilib o‘lchanadi, ya’ni Quyoshning 
har xil balandlikdagi nurlanishi uchun o‘lchanadi. O‘lchash jarayoni statsionar 
sharoitda o‘tkaziladi, shuning uchun atmosfera massasining nisbatan har xil qiymatlari 
uchun Ikz ning o‘zgarishini aniqlash kifoya. AM 0 sharoit uchun to‘g‘ri keladigan 
qiymatni topish jarayoni ℓnIkz ni nul atmosfera massasiga chiziqli ekstropolyasiya 
qilish bilan topiladi. O‘lchash jarayonini kunning birinchi yarmida olib borish 
ma’qulroqdir. 



Yüklə 359,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin