“Oriental Art and Culture”
Scientific-Methodical Journal – (2) I/2020
ISSN 2181-063X
http://oac.dsmi-qf.uz
borishga ko‘rsatma bergan edi. Ahmad Yassaviy
qisqa vaqt ichida shayxning e’tiborini qozonib,
Hamadoniyning oddiy murididan ma‘naviy
farzandi bo‘lish sharafiga erishadi.
Aytish
joizki, Xoja Yusuf Hamadoniyning muridzoda-
lari ko‘p bo‘lgan, lekin ularning ichida eng
suyuklilari Abdulloh Barqiy, Xoja Xasan
Andoqiy va Abduxoliq G‘ijduvoniylar edi.
Ahmad Yassaviy esa ular bilan hamsuhbat va
hammaslak bo‘ladi. Yuqorida nomlari zikr
qilingan shogird-muridlar ustozlari qarshisida
shu darajada yuqori martabaga erishadilarki
“Men vafot etganimdan so‘ng jasadimni
Abdulloh
Barqiy
yuvsin,
Abduxoliq
G‘ijduvoniy suyasin, go‘rimni Andoqiy qazisin,
Ahmad Yassaviy go‘rimda “An-nazoat”ni o‘qib
tursin”, – deb, vasiyat qilgan ekan.
Ahmad Yassaviy
Buxoroda ekanligida arab
tili bilan birgalikda fors tilini ham chuqur
o‘zlashtiradi. Bu orqali Ahmad Yassaviy forsiy
tilda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan
yaqindan tanishish imkoniga erishib, o‘zining
diniy va tasavvufiy ilmini yanada boyitishga
muvaffaq bo‘ladi.
Ahmad Yassaviy bilimlarini boyitib, yirik
diniy shaxsga aylangach, o‘z yurtiga – Yassiga
qaytadi. Yassida u yangi tariqatga asos soladi va
yirik murshid sifatida shuhrat qozonadi. Bu
holatga “G‘azal mulkining sultoni” (XX asrning
taniqli shoirlaridan biri bo’lgan Maqsud
Shayxzoda (1908 – 1967) o’z
ijodida Alisher
Navoiyga ana shunday ta’rif bergan.)Alisher
Navoiy “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti
matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob
g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi
ostonida nihoyatsiz ermish”, – deya ta’rif beradi.
Ahmad Yassaviy “Irshod va da’vat maqomi”
ni olgach, Turkistonda o‘z tariqatiga asos soladi.
Ushbu tariqat tasavvufdagi boshqa tariqatlardan
odob va arkon jihatidan farq qilsada, tub
mohiyati bir xil Alloh vasliga yetmoq edi.
Ahmad
Yassaviyning
tariqatining
barcha
aqidalari asosiy asari bo‘lmish “Hikmat”da
mufassal bayon etilgan.
“Devoni Hikmat” haqida fikr yuritganda
shuni aytish o‘rinliki, bu kitobning yassaviya
tariqtida tutgan o‘rni yuqori. Chunki, Ahmad
Yassaviy turkiy xalqlarni islom diniga yanada
kengroq yaqinlashtirish va o‘zining tassavufiy
g‘oyalarini xalq ko‘ngliga
chuqur singdirish
maqsadida she’riyatdan imkon qadar foydalan-
gan. Ana shu sababdan Ahmad Yassaviy o‘z
fikrlarini she’rlar orqali ommaga singdirish
maqsadida hikmatlarini yozadi va yakunda
“Hikmat” devoni to‘planadi (O’z davrining yirik
diniy yetakchisi bo’lgan Ahmad Yassaviy
birinchi bo’lib o’sha paytda chig’atoy tilida o’z
ko’rsatmalarini beradi. Bu esa yuqorida
ta’kidlanganidek, “Devoni Hikmat”ning shu
tilda dunyoga kelishini ta’minlagan edi).
Ahmad Yassaviy nuqtai nazariga ko‘ra
hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu
haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash
mazmuniga ham ega hisoblangan. Manbalarga
ko‘ra, Yassaviy shaxsan o‘zi “Devoni hikmat”
nomi ostida biron kitobni yaratmagan. Ushbu
nodir kitob uning o‘z davridagi murid va
izdoshlari
tomonidan tartib berilib, to‘planib,
bugungi kungacha saqlangan holatiga keltiril-
gan. Bu esa bevosita hikmatlar majmuasining
Ahmad Yassaviyga borib taqalishini ko‘rsatadi.
So‘fi Olloyor esa bu haqida:
Dostları ilə paylaş: