“Shariatda ul edi oftobe,
Qolibdur bizga ul erdin kitobe”,
deya o‘z tazkirasida aytib o‘tgan.
“Devoni hikmat”da ilohiy ishq va haqiqiy
oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan
baqoga
yetishish
tushunchalari
nihoyatda
samimiy, eng muhimi oddiy xalq vakillari ham
bemalol tushunadigan tilda bayon etilib, ta’sirli
ohanglar bilan boyitilgani ham uning mavqeini
oshiradi. Yassaviy hikmatlaridagi g‘oyaviy,
axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy
yo‘nalishlari
uning izdoshlari tomonidan
yaratilgan hikmatlarda ham o‘z aksini topgan.
Bu esa ularning o‘z ustozlari izidan muqim
tarzda borganliklarini ko‘rsatadi. Jumladan,
Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror
min amvoji bihor” asari ham Yassaviy hayoti,
ijodi va tariqatiga doir ma’lumotlar bilan buni
to‘la tasdiqlaydi.
Demakki,
Yassaviy
tariqatidagi
diniy
mukammallik ham o‘ziga xos tarzda edi.
“Devoni hikmat”da bayon etilgan she’riy
hikmatli yo‘riqnomalar o‘z davri uchun yuksak
ahamiyat kasb etgan. Uning she’rlari esa keyingi
davr ijodkorlarining ham e’tiborida bo‘lib
kelgan. XX asrning
yirik jadid namoyandasi
140
“Oriental Art and Culture”
Scientific-Methodical Journal – (2) I/2020
ISSN 2181-063X
http://oac.dsmi-qf.uz
Abdurauf Fitratning ta’kidlashiga ko‘ra,
Yassaviyning “adabiyotda tutgan yo‘li sodda
xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir… Uning
hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq
adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar”dir.
Yassaviy tariqatining asosiy manbai bo‘lgan
“Devoni hikmat”da ilohiy ishq g‘oyasi va
ma’rifiy, ma’naviy mazmun ilgari surilgan.
Hikmatlar ma’no va mohiyat e’tibori bilan
Qur’oni Karim va Muhammad (s.a.v.)ning
hadislariga chuqur bog‘langan.
Bu esa islom
dining asosiy kitobi va Payg‘ambar (s.a.v.)ning
hadislaridagi ma’nolarni yanada xalq e’tiboriga
yaqinlashtirishda katta o‘rin tutgan.
Buguni kunda “Devoni hikmat”ning 20 dan
ortiq nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining
Sharqshunoslik
instituti
jamg‘armasida saqlab kelinmoqda. Asar qo‘l-
yozmalaridan eng qadimgisi XVII asrga tegishli
bo‘lib, bu Yassaviy vafotidan keyingi besh asr
davomida uning hikmatlari xalq og‘zaki ijodida
yashab, yassaviylik tariqatiga amal qiluvchilar
tomonidan uzoq vaqt davomida saqlanganidan
dalolatdir.
Arslon Bob va Ahmad Yassaviyning
ma’naviy merosi va tasavvufiy qarashlari
keyingi
asrlarda ham keng xalq ommasi, hatto
hukmdorlar tomonidan yuksak baholangan.
Xususan, Amir Temur tomonidan XIV asrda
O‘trorda Arslon Bob qabri ustiga, Yassida
Ahmad Yassaviy qabri ustiga mahobatli
maqbara majmui bunyod etilgan. Rivoyatlarda,
Amir Temur Ahmad Yassaviy qabriga maqbara
qurishni niyat qiladi.
Lekin qancha harakat
qilmasin, har kecha bino bir tarafdan yiqilardi.
Shunda Sohibqironga bir kishi avval Arslon
Bobga, so‘ngra shogirdi Ahmad Yassaviyning
qabriga maqbara qurdirishi aytadi. Amir Temur
Arslon Bob qabri ustiga maqbara qurdirganidan
keyin 1389- 1395 yillarda Ahmad Yasaviy
maqbarasini bunyod etishga kirishadi. Ammo,
Amir Temur vafotidan so‘ng qurilish to‘xtab
qolgan. Keyinchalik bino oldidagi ulkan peshtoq
Buxoro hukmdori Abdullaxon II tomonidan
tiklangan.
Yassaviy merosi va tariqati keng va boyligi
sabab xorijda ham
unga qiziquvchi tadqiqot-
chilar ko‘p. L.Massignon, A.Arberri, M.Smitt,
X.Kisling, F.Mayer, A.Shimmel, R.Xartman,
F.Ko‘prulu, J.Trimingem, K.Eraslon, Idris
Shox, Devin Di Uis kabilar shular jumlasidandir.
Shu bilan bir qatorda Rossiyada A.Krimskiy,
I.Petrushevskiy, E.Bertels; O‘zbekistonda esa
A.Fitrat, A.Sa’diy, E.Rustamov, B.Qosimov,
I.Haqqulov, N.Hasanovlar tomonidan ham
Ahmad Yassaviy ijodi va faoliyati chuqur tadqiq
etilgan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, Ahmad Yassaviy
Arslon Bobni o‘ziga ustoz deb bilgan bo‘lsa,
O‘rta Osiyo shayxlari, eshonlari Yassaviyni
o‘zlariga pir, ustoz deb biladilar. Yassaviy
hikmatlarida Alloh inson borlig‘ining
eng oliy
zuhuroti ekanligi ifoda etiladi. Zotan, Xudo
dilda yashaydi. Bu dil ilohiy joziba kasb etmog‘i
uchun Alloh inoyati ila tubdan yangilanadi.
Shundagina qalbda evrilish sodir bo‘ladi. Bu –
haqiqiy ishq. Arslon Bob va Ahmad Yassaviy
esa ana shu ishqning haqiqiy sohiblaridir.
F
OYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] И.Ҳаққул,
Аҳмад Яссавий, Тошкент, Ғафур Ғулом, 2001
[2]
Okutman Sezai Gunesh, Dokuz Eylul Universitesi Otrak Zorlunlu derslar turk dili bo‘lumi,
Ahmet Yesevi ve Eseri Hakkinda, Buca Egitim fakultesi yanin organi, 1993
[3]
Ислам – энциклопедический словарь, Москва, Наука, 1991
[4] Nadirhan HASAN,
Arslan Bab ve Ahmed Yesevi, Tasavvuf ilmi ve akademik arastırma dergisi
24, 2009/2
[5] Dârâ Sukuh,
Sefînetü’l-evliyâ, Leknev, 1862
[6] Hasan Hoca Nisârî,
Müzekkir-i Ahbâb, Taskent Birunî Sarkiyyat Enstitüsü Ktp., nr. 4282, vr.
[7] Fuat Köprülü,
Türk Edebiyatında Đlk Mutasavvıflar, Ankara: Diyanet Đsleri Baskanlığı, 1991
[8] Э.Рустамов,
Ахмад Яссавий хикматларида тарих ва хаёт садоси, Ўзбек тили ва адабиёти
журнали, 1972, № 4-5
[9] А.Fitrat,
Ahmad Yassaviy: Tanlangan asarlar (nashr. tayyorl. H.Boltaboyev), 2-jild, Tошкент,
Ma’naviyat, 2000
141