14
perlit, pemza, taxilit va sordavalitlar vulqon shishasidan iborat bo’lib, faqat ayrim
xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Ko’p suvli
vulqon shishasi lavaning
dengiz ostida qotishidan hosil bo’ladi. O’zbekistonda Chotqol-Qurama (G`ovasoy)
tizmalaridagi vulqon jinslarida vulqon shishasi uchraydi.
Serg`ovak vulqon shishasi pemza deb ataladi. Pemza lotincha “pumex” —
g`ovak degan ma’noni anglatadi. Nordon vulqon shishasinnng serg`ovak
(g`ovakligi 60—70%dan baland) turi. Tarkibida ko’pincha boshqa turli kristalli
donachalar (plagioklaz, kvarst, piroksen) qo’shilgan bo’ladi. Strukturasi kichik va
katta g`ovaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, ko’pikli, qavariqlilarga ajratiladi. FeO
va Fe
2
O
3
miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, to’q qizil,
qoragacha
o’zgaruvchan bo’ladi. Qattiqligi 5—6,5, zichligi 2000—2300 kg/m3, hajmiy
og`irligi 400—900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, o’tga chidamli, 1300— 1400°
haroratda yumshaydi. Pemza yog`och, tosh va metallarga
abraziv ishlov berishda,
kimyo sanoatida filtr va katalizatorlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida,
nitroglisterinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qo’shimcha sifatida,
shisha va yaltiroq bo’yoqlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Pemza qurilish
sanoatida ham ishlatiladi.
2) mayda qumlar — vulqon tuflari;
3) yong`oqdek keladigan shag`al va lapillalar, vulqon brekchiyasi;
Agar lava ichida vulqon bombalari va qirrali jinslar ko`p bo`lsa, ular vulqon
brekchiyasi deb ataladi.
Lapilla lotincha “lapilus” so’zidan olingan bo’lib “toshchalar” ma’nosini
anglatadi. Italyanchada “mayda tosh” degani. Lapilla mayda yumaloq yoki
noto’g`ri shaklli lava bo’laklari. Vulqon otilgan vaqtda vulqon bombalari va kuli
bilan birga chiqadi. O’lchami no’xat kattaligidan yong`oq kattaligigacha bo’ladi.
Otilayotgan lavaning havoda qotgan mayda bo’laklaridan yoki avvalgi vulqon
jinslaridan iborat. Lapillaning katta massalari vulqonning qiya yonbag`rida
tekis
baxmalsimon yuza hosil qiladi.
4) vulqon shag`allari — vulqon konglomerati;
5) vulqon bombalari (Bomba shakliga o`xshash, ichida gaz va begona jins
15
bo`lagi bo`lgan, qotgan lava.).
Vulqon bombasi – vulqondan plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib,
havoda uchib ketayotgan paytda turli shakllarda (noksimon, duksimon,
tuxumsimon,
sharsimon, lentasimon) qotgan lava parchasi. uzunligi bir necha sm
dan 5—7 m gacha bo’ladi. Vulqon bombasi maydalanib vulqon qumlari yoki
kukunlariga aylanadi. O’zbekistonda Tomdi, Qurama, Chotqol tog`larida paleozoy
erasining silur, devon davridagi vulqon tog` jinslarida kattaligi 15 sm dan 1,5 m
gacha vulqon bombasi uchraydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tamboro vulqonidan 1815 yilda 150 km
3
,
Markaziy Amerikada Koseguina vulqonidan 1835 yilda 50 km
3
, Krakatau
vulqonidan 1883 yilda 50 km
3
, Taravera vulqonidan (Yangi Zelandiyada) 1886
yilda 1,5 km
3
chaqiq jinslar otilib chiqib krater atrofiga to`plangan.
Vulqon
krateridan otilib chiqadigan jinslar har xil masofagacha boradi. Yirik jinslar
kraterdan 500 m dan 10—20 km gacha, qum 200—300 km gacha,
kul va chang
600—700 km va undan ham uzoqqa borib tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: