20
Markaziy vulqonlar doimo bir kanaldan otilib turadi.
Ular konus shaklida
bo`lib, atrofi 30—40° li qiyalik bo`ladi. Vulqon mahsulotlari chiqadigan kanal
jerlo, uning og`zi krater
deb ataladi Ikkinchi xil
vulqonlar asosan tektonik
yoriqlarga joylashgan bo`lib, ko`pincha lava yoriqlarning hamma yeridan oqib
chiqib turadi. Vulqon apparati ochilib qolgan yoriq shaklida bo`ladi. Masalan,
Islandiyadagi Laki yorig`ining uzunligi 30 km bo`lib, undan 1783-yilda 12,5 km
3
lava oqib chiqqan.
Yoriqlardan chiqadigan asosli magma, bazalt mahsulotlari suyuq bo`lib yer
betiga bir tekisda quyulib, bora-bora qalqonsimon shaklni oladi.
Ba’zan vulqon apparatlarining yon tomonlarida yoriqlar paydo bo`lib, u
yerdan ham vulqon mahsuloti chiqa boshlaydi. Bu xildagi
vulqon parazit vulqon
deb ataladi.
Vulqonlar ko’pincha konus shaklida bo’ladi. Chunki vulqon birinchi
otilgandan so’ng uning og`zi tevaragida vulqon ichidan chiqqan qattiq va suyuq
jinslar hamda lava konus shaklida qotib to’planadi. O’sha
vulqon konusining
tepasidagi chuqur krater deyiladi. Krater grekcha so’z bo’lib, “tovoq, chuqur
qozon” degan ma’noni anglatadi. Kraterdan erigan qaynoq jinslar lavalar
(italyancha erigan massa) otilib chiqadi.
Krater yunonchada krater — “katta kosa” degan ma’noni ham anglatadi.
Krater tog`orasimon yoki voronka ko’rinishida hosil bo’lgan botiq, chuqurlik.
Kraterning diametri ko’pincha 2—2,5 km dan oshmaydi.
Chuqurligi bir necha m
dan yuz m gacha bo’ladi. Krater vulqon otilishidan tashqari samodan kelgan
meteoritning yer yuziga urilishidan va kuchli sun’iy portlashdan ham hosil bo’ladi.
Vulqon kraterlari, odatda, vulqon cho’qqisida yoki yon bag`rida joylashadi. Krater
tubida bitta yoki bir necha vulqon bo’g`zi bo’ladi. Ular orqali magmatik
o’choqlardan ko’tarilgan lava va boshqa vulqon mahsulotlari chiqish kanali orqali
yer yuzasiga otilib chiqadi. Ba’zan krater tubi lava ko’li yoki yangi hosil bo’lgan
vulqon konusi bilan band bo’ladi.
Vulqon konuslari va kraterlarining kattaligi har xil bo’ladi.
Agar vulqon
konusi baland bo`lsa, krater katta, aksincha, konus bo`lsa, krater kichik bo`ladi.