Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, gaplar tuza olish.
139
34-36-mavzu. Yovvoyi hayvonlar va qushlar. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: yovvoyi hayvonlar: sher, yo‘lbars, fil, bo‘ri tulki, ayiq, kiyik,
quyon, kit, baliq, maymun, ilon; qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, burgut,
kaklik, laylak, musicha, bulbul, qanot, tumshuq, dum kabi tayanch so‘zlar;
o‘rmon, tog‘, dengiz, okean, yashaydi, qo‘nadi, uchadi kabi harakatni
bildiruvchi so‘zlar, ulkan, vaxshiy, qo‘rqinchli, kuchli, epchil, o‘tkir, sezgir,
qo‘rqoq kabi belgi bildiruvchi so‘zlar (2 soat).
ham, xuddi yuklamalari (1 soat).
Nutq namunalari: Bular qanday hayvonlar? Bular yovvoyi hayvonlar.
Yovvoyi hayvonlar qayerda yashaydi? Timsoh qayerda yashaydi? Yovvoyi
hayvonlar nima yeydi? Yo‘lbars, sher, bo‘ri, timsoh, tulki go‘sht yeydi.
Qaldirg‘och qanday qush? – Qaldirg‘och eng chiroyli qush.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarga javob bera
olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, gaplar tuza olish.
37-38-mavzu. Hayvonot bog‘ida. (2 soat, A1+: 3 soat)
Lug‘at: hayvonot bog‘i, qafasda, maymun, yo‘lbars, bo‘ri, yovvoyi
hayvonlar, sher, ilon, boshqa, fil kabi tayanch so‘zlar;
u yerda, yuribdi, boraman, boramiz, sudraladi, yashaydi kabi harakatni
bildiruvchi so‘zlar (1 soat), edi, ekan so‘zlarining qo‘llanishi (1 soat)
Dostları ilə paylaş: |