Lug‘at: do‘kon, ust kiyim, oyoq kiyim, ipak mato, paxtali, tugmali, yoqali, ko‘k rangli, kiyaman, yoqtiraman, yarashadi kabi tayanch so‘zlar.
-dan qo‘shimchasi, kimdan? qayerdan? qachon? so‘rog‘i (1 soat).
-qanday? so‘rog‘i (1 soat), “sifat+ot” qolipidagi so‘zlar (1 soat).
Nutq namunalari: Otam bilan kiyim do‘koniga bordim. Bu ko‘ylak ipak
matodan ekan. Shu ko‘ylakni sotib oldik.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: do‘kon, savdo-sotiq mavzusiga oid so‘zlarni,
matnlarni tushunish, savollarga javob berish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
26-27-mavzu. Maktab oshxonasi. (2 soat, A1+:3 soat) Lug‘at: maktab oshxonasi, oshpaz, milliy taomlar, choy, sharbat, non, somsa, sho‘rva, chuchvara, palov, kabob, manti, shirin, mazali, bemaza, sho‘r, tuzsiz, achchiq, ovqatlanamiz, ichamiz, yeymiz kabi tayanch so‘zlar.
Nutq namunalari: Tanaffusda maktab oshxonasiga kirdik. Men somsa bilan
choy oldim. Anvar palov oldi. Palov juda mazali ekan.(1 soat).
Nima? Nimani? Nima qilasiz? so‘roqlari (1 soat); Sifat+ekan tuzilishli fe’l
shakllari (1 soat).
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar, berilgan
savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunish, savollarga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish va
topshiriqlarni yozish.