Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
9-11-mavzu. Til bilgan – el biladi. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: til o‘rganish, ona tili, o‘zbek tili, xorijiy tillar, o‘zaro muloqot
vositasi, fanlarni o‘rganish vositasi, til bilgan – el biladi kabi tayanch so‘zlar va
birikmalar.
Grammatika: Juft va takror so‘zlar (2 soat), ularning yasalishi va imlosi
(1soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar,
maqollar va she’rlar.
12-14-mavzu. Insoniy fazilatlar. (3 soat, A2+: 5 soat)
Leksika: insoniy fazilatlar, kamtarlik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik,
to‘g‘riso‘z, rostgo‘y kabi tayanch so‘zlar.
Grammatika: Sifatlarning yasalishi (1soat). Sifat yasovchi qo‘shimcha-
larning qo‘llanishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Kamtarlik, mehnatsevarlik, ijobiy fazilatlar haqidagi matnlar,
rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2 soat)
15-17-mavzu. O‘zbekiston tog‘lari. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: O‘zbekiston tog‘lari, tog‘ tizmalari, tog‘oldi mintaqalar, tog‘lar
bag‘rida yashiringan xazinalar, archazorlar, shifobaxsh giyohlar, oromgohlar
kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar (1 soat), ularning
yasalishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: O‘zbekistonning tog‘lari haqidagi matnlar, rivoyatlar,
maqollar va she’rlar.
18-20-mavzu. Shifobaxsh o‘simliklar. (3 soat, A2+ 4 soat)
170
|