K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi kunlarda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy
tarbiya va sport sohasida
malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro
standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va
ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan
yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish
orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.
1
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida printsiplarning xilma-xil
guruhlari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy va metodik printsiplari,
jismoniy tarbiyaning ayrim Ko’rinishlari xususiyatlarini ifodalovchi(masalan,
sport,
kosmonavtlar, o’t o’chiruvchi va hokazo) lar trenirovkasi tamoyillari
mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini
tashkil etadi. Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har
tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma`naviy va
jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan holda tug`ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol
topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog`liq. Jismoniy
tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida
qullaniladigan har qanday
tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir.
Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning
boshqa tarbiya turlari bilan bog`liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-
ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o’sha eski bahsni hozir ham davom
ettirishga urinuvchilar mavjud bulib, odam tanasining tashqi kurinishi va uning
funktsiyasiga tashqi ta`sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb,
tarbiyaning rolini inkor etadilar.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va
sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida qarori
Kurs ishining metodikasi tavsifi. Jismoniy tarbiya jarayoni
qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan, garmonik rivojlanishini yo’lga
qo’ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan. Kishining ruhiy, ma`naviy
qobiliyatini usishga eng avval usha ijtimoiy sharoit,
sungra esa insonni uzining
muhitni uzgartirish yoki uni o’zgartirish uchun olib bolilgan faoliyati rol`
uynashligini I.M.Sechenov va I.P. Pavlovlarning tabiiy fanlardagi dunyoqarashi
allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit
bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta ekanligini, jismoniy ham psixik
faoliyat bosh miya po’stloq qismida sodir buladigan “vaqtli aloqa” orqali sodir
bo’lishligining amaliy shohidimiz. Ular ta`lim va tarbiya jarayonini kishilarda
qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntirdilar. Jamiyat
talabiga
muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsning faqat ma`naviy
shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan fiziologik poydevor bulishi mumkin
ekanligini isbotladilar.
2
Kurs ishining maqsadi: Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining
umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular quyidagilardan iborat:
a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog`liqligi:
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish:
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo’naltirilganligi printsiplari.
Kurs ishining vazifalari:
- Jismoniy tarbiya tamoyillari bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni tashkil
qilish:
- Tamoyillar va metodlar samaradorligini oshirish:
- O’quvchilarni
har
tomonlama
shaxs
sifatida
rivojlantirish
va
sog’lomlashtirishga yo’naltirish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Jismoniy tarbiya jarayonida
nazariy printsiplar bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa
ikkinchi tomondan,
jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma`lum
ramka(qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda
2
R. S. Salomov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti. 2015 t 256 b
printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etadi. Ayrim holatlarda:
printsipga jismoniy tarbiya ma`lum bilimlarning bir qismi,
yoki faoliyatga
yuriqchi (kursatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun
umumiy asos deb qaraymiz.
Kurs ishining umumiy tavsifi. Kurs ishi 2 bob, 5 paragraf, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlardan iborat.