1/27/23, 9:45 PM
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4725554#-4727760
7/9
29. O‘z xohishiga ko‘ra, o‘qishi boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi, salomatligi
(tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida), o‘quv intizomi va oliy ta’lim muassasasining ichki
tartib va odob-axloq qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74
soatdan ortiq qoldirganligi, o‘qish uchun belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga
oshirilmaganligi, talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan oliy
ta’lim muassasasidan chetlatilgan talabalar o‘qishga tiklanganda mazkur o‘quv semestri
uchun stipendiya bazaviy miqdorda tayinlanadi (stipendiyasiz to‘lov-kontrakt asosida ta’lim
olayotgan talabalar bundan mustasno).
Oldingi
tahrirga qarang.
30. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun talabalarga stipendiya qonunchilik
hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida umumiy asoslarda to‘liq miqdorda to‘lanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
2 yoshgacha bolasi bo‘lgan va o‘qishni ta’limning kunduzgi shaklida davom ettirayotgan
talaba ayollarga stipendiya umumiy asoslarda to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bola 2 yoshga
to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lish davrida stipendiya to‘lanmaydi.
31. Belgilangan tartibda bir oliy ta’lim muassasasidan (fakultetdan) boshqasiga,
shuningdek, ta’limning sirtqi shaklidan kunduzgi shakliga o‘tkazilgan talabalarga stipendiya
ular tomonidan baholash (reyting nazorati) natijalari bo‘yicha, o‘quv rejalaridagi tafovutlar
bartaraf etilganidan keyin tayinlanadi.
Akademik qarz mavjud bo‘lmaganida stipendiya akademik ma’lumotnomada (reyting
daftarchasida) ko‘rsatilgan, avvalgi o‘quv joyidagi baholash (reyting nazorati) natijalari bo‘yicha
tayinlanadi va yangi o‘quv joyiga qayd etilgan paytdan boshlab oliy ta’lim muassasasi
rektorining (filial direktorining) yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning buyrug‘i asosida
to‘lanadi.
O‘qishni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirayotgan talabalarga yozgi ta’til
vaqtida stipendiya to‘lash ularning o‘qishni ko‘chirishdan avvalgi ta’lim olgan oliy ta’lim
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
32. Stipendiyali to‘lov-kontrakt miqdori bitiruvchi kurs talabalari tomonidan iyul va
avgust oylari uchun bazaviy stipendiya summasi (qismlarga bo‘lib to‘langanda — oxirgi o‘quv
semestridagi) to‘lov-kontrakt miqdoridan chegirilgan holda to‘lanadi.
Bunda, chegirib qolinayotgan stipendiya summasi talabaga to‘lanadigan bazaviy
stipendiyaning joriy davrdagi belgilangan miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
33. Talabalarning stipendiyalaridan ushlab qolinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabalarga stipendiya to‘lovlarini to‘g‘ri tayinlash va to‘lash ustidan nazorat qilish oliy
ta’lim muassasasining stipendiya komissiyasiga yuklanadi.
Dostları ilə paylaş: