Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti.
Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari
Reja
1.
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani haqida.
2.
Jismoniy madaniyat – faoliyat sifatida.
3.
Jismoniy madaniyat predmetlar - boyligi sifatida.
4.
Jismoniy madaniyat – natija sifatida.
5.
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani o‘quv va ilmiy fan
sifatida.
6.
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani asosiy tushunchalari:
“jismoniy madaniyat”, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tarbiya”, “jismoniy
tayyorgarlik”, “sport”, “jismoniy kamolot”.
7.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Kalit so‘zlar: Jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat –faoliyat sifatida,
jismoniy madaniyat predmetlar - boyligi sifatida, jismoniy madaniyat – natija
sifatida, o‘quv va ilmiy fan, “jismoniy madaniyat”, “jismoniy rivojlanish”,
“jismoniy tarbiya”, “jismoniy tayyorgarlik”, “sport”, “jismoniy kamolot”.
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani jismoniy madaniyat va
sport hamda organizmga ta’sir ko‘rsatadigan biologik umumiy qonun qoidalarni
o‘rganadi va umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va
vazifalarini, vosita va usuliyatlarini, tamoyillarini, jismoniy yuklama va uni
qo‘llash qonuniyatlarini, jismoniy tarbiyaning zvenolaridagi jismoniy tarbiya
xususiyatlarini, jismoniy tarbiyaning aqliy, ahloqiy estetik va mehnat tarbiyasi
bilan bog‘liq bo‘lgan, sport trenirovkasi va uni qonuniyatlarini ochib beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan chambarchas bog‘langan holda
rivojlanib boradi rivojlanish manbaii bo‘lib respublikamizda olib borilayotgan
ilmiy tadqiqotlar va ilhor tajribalar hisoblanadi.
Inson ham, jamiyat ham umuman o‘zini ob’ektiv rivojlanish qonunlarini
bekor qilaolmaydi va o‘zgartiraolmaydi, chunki ular insonga bog‘liq bo‘lmagan
holda mavjuddir. Masalan, organizmni asta-sekin son va sifat jihatdan o‘zgarishi,
organizmda funksional va tuzilish o‘zgarishlar qonuni, organizm va uning hayot
sharoiti bilan birligi va h.k. qonunlar. Shunday bo‘lsada qonuniyatlar bilan
birgalikda tabiiy rivojlanish jarayoniga (jumladan organizmning jismoniy
rivojlanishiga) jamiyatni va shaxsni talabiga javob beruvchi ma’lum tuzilishi
bo‘yicha yo‘nalish berib, ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu tomondan jismoniy
madaniyat, kishining jismoniy rivojlanish jarayoniga maxsus ijtimoiy omil sifatida
maqsadga muvofiq ravishda, ta’sir ko‘rsatib, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarini
yo‘naltirilgan holda tarbiyalashga yordam beradi. Insonning jismoniy
rivojlanishiga ijtimoiy hayot sharoiti, tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya, genetik
va akseleratsiya jarayoni ta’sir etadi.
Jismoniy madaniyat eng avval yosh avlodni va kattalarni mehnatga
tayyorlashdagi, jamiyatning amaliy talablari ta’sirida tarixan ro‘yobga chiqdi. Shu
bilan birga jamiyatda o‘rgatish va tarbiyalash tizimini tashkil topishida, jismoniy
madaniyat, asosiy omil sifatida, har xil harakat ko‘nikmalari va malakalarini
amalga oshirish va kishini faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish, jismoniy
qobiliyatlarini, shu bilan birga intellektual, ahloqiy va estetik tarbiyani amalga
oshirish organik ravishda kirib keldi. Texnika taraqqiyoti sharoitida, mehnat
xarakterini va hayot sharoitini o‘zgarishi, kishining jismoniy madaniyatini
o‘zgartirishda katta boylik sifatida, kasallikning oldini olish, organizmning
funksional ishini yaxshilashni, ish faoliyatini oshirishi va saqlab turishda, qisqacha
qilib aytganda, sog‘lig‘ini saqlay va mustahkamlashda uning jismoniy holatini eng
yuqori darajadagi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham jismoniy madaniyat, umumiy madaniyatning katta va
ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Umuman jamiyat madaniyati singari, jismoniy
madaniyatning har xil tomondan va har xil soha bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur.
Nisbatan to‘liq tavsif berish uchun eng bo‘lmaganda uch soha bo‘yicha ko‘rib
chiqish kerak:
Dostları ilə paylaş: |