Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


77 
IV bob. AHOLI UMUMIY DAROMADLARINI HISOBLASH 
METODIKASI 
4.1. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasining mohiyati 
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi aholi turmush sifatini 
tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash va baholash asoslarini, shuningdek, aholi 
daromadlarining darajasi, tarkibi va shakllanishidagi alohida manbalarning 
ahamiyatini belgilaydi. Ushbu metodika Milliy hisoblar tizimi (MHT)-93 ning 
halqaro statistika standartlariga, Halqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan. 
Metodika 
davlat 
statistika 
organlari 
tomonidan 
aholi 
umumiy 
daromadlarining hajmini yillik va choraklik asosda respublika va hududlar 
darajasida hisoblashda foydalanish uchun mo’ljallangan. 
Uy xo’jaliklari ixtiyorida mavjud bo’lgan va tovar va xizmatlar xarid 
qilishga qodirligini belgilovchi iqtisodiy resurslar majmuini ifodalovchi uy 
xo’jaliklarining 
iqtisodiy 
farovonligi 
aholi 
turmush 
sifatining 
muhim 
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu resurslarga joriy va kapital tushumlar, 
shuningdek, asosiy fondlar va qarzga oid bo’lgan majburiyatlar balansi kiradi. 
Iqtisodiy farovonlik darajasining tahlili uy xo’jaliklarining iqtisodiy 
resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste’mol qilishga yoki jamg’arishga, 
shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi. 
Uy xo’jaliklarining iste’mol qilishga qodirligini aniqlash mezoni sifatida 
foydalaniladigan muhim indikator bo’lib umumiy daromadlar (joriy tushumlar) 
hisoblanadi, chunki ular iste’mol qilish yoki jamg’arish imkoniyatini oshirishni 
ko’proq ta’minlaydi. 
Halqaro statistika amaliyotiga muvofiq ravishda qismlarga ajratish 
maqsadida umumiy daromad, qoidaga ko’ra “birlamchi daromad” va 
“transfertlardan olingan daromadlar”ga bo’linadi, bu o’z navbatida bandlik holati 


78 
yoki ijtimoiy ta’minot tizimiga bog’liq holda institustional o’zgarishlarning 
ta’sirini kuzatish imkonini beradi. 
Aholining umumiy daromadlari tarkibi 4.1-jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin