80
Mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlarni hisoblash uchun
asos bo’lib MHTning “aralash daromad” tushunchasi hisoblanadi. Aralash
daromad yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarning hom-ashyo
mahsulotlarini sotib olishga, asbob-uskunalarga texnik xizmat ko’rsatishga,
transport vositalariga, kommunal xizmatlarga to’lovlar va shunga o’xshashlarga
qilingan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda yalpi mahsulotning qiymatidan tarkib
topadi.
Shuningdek, aralash daromadga ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan tovar
va xizmatlardan olingan daromadlar, hamda xarajatlarni chiqarib tashlagan holda
uy xo’jaligi tomonidan shaxsiy iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovarlarning
baholangan qiymati kiradi.
Mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar hajmini hisoblash uy
xo’jaliklari kuzatuvi asosida, shuningdek, quyidagi choraklik statistik baholashlar
orqali amalga oshiriladi:
a) jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan (qayta ishlangan), hamda
bozorda sotilgan yoki shaxsiy iste’mol uchun sarflangan sanoat mahsulotlari hajmi;
b) sotish hamda shaxsiy iste’mol maqsadlarida dehqon xo’jaliklarida
etishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmi;
v) jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan) xizmatlar
(transport, savdo va shunga o’xshash) hajmi;
g) jismoniy shaxslar tomonidan (ya’ni, pudratchi sifatida yuridik shaxslarni
jalb qilmagan holda) yakka tartibda uy-joy va noturar-joy qurilishi hajmi.
Mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlarni hisoblash sxemasi
metodikaga 4.3-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: