Ona tili ta’limida so’z birikmalarini innovatsion texnologiyalar vositasida o’qitish (8-sinf darsligi asosida) Jo’raxonova Dinora



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#95246
  1   2
B-284



SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1399 
ONA TILI TA’LIMIDA SO’Z BIRIKMALARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
VOSITASIDA O’QITISH (8-SINF DARSLIGI ASOSIDA) 
Jo’raxonova Dinora 
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute O’zbek tili va adabiyoti mutaxassisiligi magistranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7432884 
Annotatsiya. Ushbu maqolada so’z brikmasi mavzusi innovatsion texnologiyalar 
vositasida o’quvchilarga o’rgatish ko’rsatildi. Va ba’zi texnologiyalar orqali namunalar berildi. 
Kalit so’zlar: innovatsion texnologiya, so’z brikmasi, klaster, Venn diagrammasi, 
“Kubik” metodi, tafakkur, mantiqiy fikr 
ОБУЧЕНИЕ СЛОВОСОЧЕТАНИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ РОДНОГО ЯЗЫКЯ С 
ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ (НА ОСНОВЕ 
УЧЕБНИКА ДЛЯ 8 КЛАССА) 
Аннотация. В данной статье было показано, как обучать студентов теме 
лексики с помощью инновационных технологий. И образцы давались через какие-то 
технологии. 
Ключевые слова: инновационная технология, объединение слов, кластер, 
диаграмма Венна, метод «Кубик», мышление, логическое мышление. 
TEACHING PHRASES IN TEACHING THE NATIVE LANGUAGE USING 
INNOVATIVE TECHNOLOGIES (BASED ON A TEXTBOOK FOR GRADE 8) 
Abstract. This article showed how to teach students the topic of vocabulary using 
innovative technologies. And the samples were given through some kind of technology. 
Keywords: innovative technology, word combination, cluster, Venn diagram, Cube 
method, thinking, logical thinking. 
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr, axborot texnologiyalari asrida nafaqat ona 
tili fanida balki boshqa fanlarda ham bilimlarni to’g’ridan to’g’ri berish emas, o’quvchini o’yga 
toldiradigan mushohada yuritadigan muammoli tarzda berishgina ko’zlangan maqsadga eltadi, 
bizningcha. Bu o’rinda A. G’ulomov va M. Qodirovlarning ham fikrlari o’rinlidir: 
“O’quvchilarga ona tili fanidan bilimlarni tayyor holda bayon qilish serunum metod sanalmaydi. 
Chunki bilimlar o’qituvchi tomonidan tayyor holda berilar ekan, o’quvchi shu jarayonning 
ishtirokchisiga tinglovchisiga va faqat andazaga qarab harakat qiluvchiga aylanib qoladi”. Va 
bizning bosh maqsadimiz sanalgan erkin va ijodiy fikrlaydigan, o’z fikr mahsulini nutq 
sharoitiga mos tarzda og’zaki va yozma bayon qila oladigan yoshlarni tarbiyalay olmaymiz.
Mana shunday vaziyatda pedagogika ham o’zining uzoq rivojlanish yo’li davomida 
yangi- yangi usullarni izlab keldi. Endilikda oldimizda ikkita savol turadi: “Nimani o’qitish?”, 
“Qanday o’qitish”. “Nimani o’qitish” degan savolga darsliklarimizdagi grammatikani sodda va 
tushunarli qilib, hayotiy misollar yordamida soddalashtirish javob bo’lsa, “qanday o’qitish” shu 
narsalarni o’quvchining erkin va ijodiy fikrlashiga yo’naltirilgan usullarda olib borish javob 
bo’ladi.
Ona tili darsining samaradorligini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o’qitish 
metodlarini to’g’ri tanlashdir. Bunda o’quvchi yoshi va ularning faoliyati bilan bog’liq jihatlari 
e’tiborga olinishi, tanlanayotgan metodlar o’quvchini fikrlashga va tafakkur orqali muammolarni 
hal etishga qaratilishi lozim.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1400 
Maktabda so’z birikmasi bo’yicha 5- va 8-sinf ona tili darsligida ma’lumotlar bor. 
Batafsilroq 8-sinfda to’xtalgan. Biz shu asosida so’z brikmasini o’qitishni 1-2 ta metodlar 
vositasida ko’rsatib o’tamiz. 
Dastavval so’z birikmasi haqida o’qituvchi doskadan foydalanib ozroq ma’lumot beradi. 
Keyin so’z birikmasining turlari bo’yicha “Klaster” metodidan foydalanib o’quvchilarda 
mavzuga oid bilimlar hosil qilinadi.
“Klaster” (g’uncha, to’plam, bog’lam) puxta o’ylangan strategiya bo’lib, uni o’quvchilar 
bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Metod 
yordamida o’quvchilar topshiriq bo’yicha fikrlarini klaster tarzida quyidagicha ifodalaydilar: 
So’z birikmasining uchta turi bo’yicha fikrlar to’ldiriladi. 
1. 
2. O’quvchilarga shu tarzda klaster tuzib, namuna ko’rsatamiz, keyin ular shu asosida 
fikrlab tarmoqlarni to’ldiradilar va so’z brikmalari hosil qiladilar. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1401 
3. 
Mana shunday metodlar vositasida o’quvchi mantiqiy fikrlagan holda so’z brikmasi 
bo’yicha tasavvur va bilimlarga ega bo’ladilar. Endi olgan bilimlarini taqqoslash yo’li bilan 
yanada mustahkamlaymiz. 8-sinf darsligida so’z brikmasi va qo’shma so’zni farqi berilgan. Biz 
so’z brikmasi va qo’shma so’zni o’xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasi yordamida 
ko’rib chiqamiz. 
So’z brikmasi qo’shma so’z
Ushbu texnologiya vositasida o’quvchilarda tanqidiy fikrlash, predmet, hodisalar va shu 
kabilarning ham farqi ham o’xshash jihatlarini aniqlash ko’nikmalari rivojlanadi.
Nutq jarayonida 
tuziladi 
Tarkibidagi har
bir so’z alohida
so’roqqa javob
bo’ladi, sintaksis 
Nutqqa tayyor holda 
olib kiriladi 
Lug’atlarda beriladi 
Bitta so’rtoqqa javob 
bo’ladi, leksikologiya 
Birdan ortiq 
so’zdan tashkil 
topadi 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1402 
“Kubik” metodi yordamida o’quvchilar mavzuni qay darajada tushunganlarini 
tekshiramiz.
“Kubik” metodi: “Metod turli vaziyatlarni hosil qilish orqali mavzuning o’rganilishini 
osonlashtirishga xizmat qiladi. Kubikning oltita qirrasida o’rganiladigan mavzu(muammo)ni 
chuqur tahlil qilishga yordam beradigan tushuncha(yo’nalishlar) mavjud. Metod mohiyatiga 
ko’ra kubikning oltita qirrasida quyidagi ko’rsatmalar o’z ifodasini topadi.
Tasvggvv 
Izoh: “Kubik”ning olt qirrasidagi ko’rsatmalar quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
1. Tasvirlang! Predmetni diqqat bilan ko’zdan kechirib, uning nimaligini tasvirlab bering, 
tasvirlash jarayonida uning shakli, rangini aniq yoritishga harakat qiling. 
2. Taqqoslang! Taqqqoslash asosida predmetning nimaga o’xshashi, nimadan keskin 
farqlanishini ayting! 
3. Izohlang! Predmetning bunday tuzilma hajm, shakl, rangga egaligining sabablarini 
tushuntiring!predmet sizni nimalar haqida o’ylashga majbur etyapti? Hayolingizga erk bering! 
4. Tahlil qiling! Predmet yasalish jarayoni qanday? (Predmetning yasalishini bilishingiz shart 
emas, buni o’ylab toping! 
5. Qo’llang! Predmetdan siz hayotiy jarayonlarda foydalana olasizmi? Undan qanday 
foydalanishingiz mumkin? 
6. Asoslang! Predmetning amaliy qiymatini belgilovchi fikrlaringizni asoslang! Bu jarayonda 
ishonchli dalillar topishga harakat qiling! 
Metod o’quvchi(talaba)larni muayyan muammo(mavzu) ni olti tomondan turlicha 
yondashib, muhokama qilishga undaydi. Bu harakat bilimlarni chuqur o’zlashtirishga, muammo 
yechimini tezroq topishni tezlashtiradi.” 
Ushbu metodni so’z birikmasi mavzusida qo’llasak va to’g’ri tashkil qila olsak yaxshi 
samara beradi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin