22
Pedagogik texnologiya tamoyillari
Andijon davlat universiteti
Tarix fakulteti 3-kurs talabasi
Sobirov Jamshidbek
1
Andijon davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti 3-kur talabasi
Toychiyeva Diyora
2
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davrda ta’lim tizimida ilg‘or qo‘llanilayotgan
pedagogik texnologiyalarning tamoyillari haqida so‘z yuritiladi
hamda misollar orqali
tushuntiriladi.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, Bilim, ko’nikma, malaka, jadval, me’yoriy
ko’rsatkichlar
1. Ta’lim natijalarining kafolatlanganligi.
Korxonada mahsulot sifati qanday
kafolatlansa, texnologik ta’limda ham ta’lim natijasi shunday kafolatlanadi.
Pedagogik
texnologiya – bu intellektual mahsulot ishlab chiqaruvchi konveyerdir.
Undan chiqqan
mahsulotlarning sifati etalon asosida belgilangan va kafolatlangan bo’ladi.
Ta’lim
natijalarini qayd qilish uchun maxsus testlar, jadvallar,
pedagogik taksonomiyalar
qo’llaniladi. Ular asosida o’quvchilarning xatti-harakatlari baholanadi.
2. Ta’limning amaliy xarakterda ekanligi.
Yuz marta ko’rgandan bir marta bajargan
afzal.
Texnologik ta’limda faqat bilim emas, ko’nikma va malakalar ham orttiriladi.
Ta’limning nazariyga nisbatan amaliy xarakteri kuchliroq bo’ladi.
O’quvchining biror
bilimni o’rganishi, uni o’zi uchun kashf qilishi bilan barobardir. Shu sababli texnologik
ta’limda tayyor bilimlar berilmaydi, balki ular dars paytida ishlab chiqiladi.
Ta’lim
natijalari faqat biror ma’lumotni eslash, aytib berishdan iborat bo’lib
qolmaydi, balki
biror amaliy ishni bajarish ko’nikmasi darajasiga yetkaziladi.
23
3. Ta’lim maqsadlarining ta’lim natijalariga mosligi.
Ta’lim maqsadlari asosida ta’lim
natijalari ishlab chiqiladi. Keyin ta’lim natijalari qayta ishlanadi va uning asosida
qaytadan ta’lim maqsadlari tuzatiladi.
Tarbiyaviy maqsadlar o’quv maqsadlaridan kelib
chiqib aniqlanadi. Tarbiyaviy maqsadlar asosida o’quv maqsadlariga
ham tuzatishlar
kiritish mumkin.
Tarbiyaviy natija bu – o’quvchining darsda orttirgan ahloqiy tarbiyasi
va madaniyati emas (o’quvchining dars nihoyasida ma’naviy saviyasi oshishi, ahloqining
shakllanishi kabi), balki fiziologik, psixologik va kasbiy tarbiyadir (ya’ni, diqqatni 20
minut davomida chalђimasdan o’rganilayotgan ob’ekda ushlab tura olish,
berilgan
muammo bo’yicha texnik fikrlay olish, boshqa o’quvchilarga o’z fikrini o’tkaza olish va
h.k.). 4. Ta’lim natijalarining ishonchliligi.
Ta’lim natijalari aniq bo’lishi, bitta
mazmunni ifodalashi zarur.
Mahsulot sifati korxona laboratoriyasida qanday o’lchansa,
ta’lim natijasi ham shu kabi o’lchanuvchan xususiyatga ega bo’lishi zarur (testlar,
savollar va sh.k. bilan).
Pedagogik texnologiya takrorlanganda doim bir xil natijalarga
erishilishi zarur.
Dars beruvchi kim bo’lishidan qat’iy nazar (professor yoki katta
o’qituvchi) etalon natijalar ta’minlanishi zarur.
5. Darsning tizimli, bosqichma-bosqich rejalashtirilgan dastur asosida o’tilishi.
Har bir
mavzu va uning bosqichlari vaqt bo’yicha va mantiqan rejalashtiriladi.
Ta’lim
natijalariga bosqichma-bosqich erishiladi.
Ta’lim bosqichlari o’zaro boђliqlikda
bo’ladi.
6. Asosiy e’tiborning o’quvchiga qaratilishi.
Pedagogik texnologiyada o’qituvchining
vazifasi ma’lumot berish emas, balki o’quvchining dars materialini o’rganishini tashkil
qilishdir.
Darsning asosiy qismi o’qituvchining
monologi shaklida emas, balki
o’quvchilarning faoliyati shaklida tashkil qilinadi.
O’quvchi o’z o’rtoђidan,
o’qituvchidan o’rgangandagiga qaraganda erkinroq va yaxshiroq o’rganadi.
O’rgatgan
odam ikki karra ko’proq o’rganadi. Shu sababli o’quvchilar birbiriga o’rgatib o’rganishi
tashkil qilinadi.
O’quvchi nafaqat ma’lumotni bilishi, balki uni amalda qo’llay olishi,
boshqaga o’rgata olish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.
Ijrochi mijozning xohishiga
qarab ish ko’radi. Shu sababli o’qituvchi darsni tashkil qilishda o’quvchining
qiziqishlarini e’tiborga oladi.