Mavzu: O’lchash usullari va turlari.
Reja:
1. O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar.
2. O’lchash turlari.
3. O’lchash usullari.
4. O’lchashlarning dinamik, statik hamda diskret usullari.
1. O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar.
Ma’lumki,
har bir sohada, masalan, elektr energetika,
issiqlik energetikasi,
neft va gaz sanoati va h.k., o‘lchash ishlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin,
ya‘ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday
solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi
shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki:
birinchidan, o‘lchash bu
har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizikaviy
eksperimentdir; uchinchidan – o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning
o‘lchash biriligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik
bilan uning o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni)
nisbatni topishdir. Ya‘ni, o‘lchash
jarayonida izlanuvchi kattalik, bu shunday
asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishning, tekshirishning vazifasi, maqsadi
hisoblanadi va o‘lchash ob’yekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan
kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik
aniqlanadi,
yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik
solishtiriladi.
Quyidagi rasmda o‘lchash jarayonining tashkil etuvchilari ifodalangan (1 –
rasm).
Shunday qilib, uchta tushunchani bir – biridan ajrata bilish kerak;
o‘lchash,
o‘lchash jarayoni va
o‘lchash usuli.
O‘lchash – bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida
informatsiya qabul
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini
qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.