4-ma’ruza.
O‘lchash jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlar.
Reja:
1. O‘lchash jarayoni, o‘lchash ob’yekti va sub’yekti.
2. O’lchash usullari va turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: o‘lchash, bevosita, bilvosita, majmuiy,
birgalikda, mutloq, nisbiy, bevosita baholash, o‘lchov bilan taqqoslash usuli,
ayirmali o‘lchash usuli, nolga keltirish usuli, almashlash usuli, mos kelish usuli.
1. O‘lchash to‘g‘risida asosiy ta’riflar, tushunchalar.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin,
ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb
qabul qilingan shu turdagi
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik
sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu
har xil kattaliklar to‘g‘risida
informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan,
bu fizik
eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning
o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul
qilingan miqdori orasidagi
(tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda
tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni
aniqlash
butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash
ob’ekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik)
shunday
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki
bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash,
o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida
informatsiya qabul
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini
qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.