O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
X=n[x], bu erda X - o‘lchanadigan kattalik;
n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son
qiymati; [x] - o‘lchash birligi
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash
natijalari
o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin.
SHuning uchun, keyingi paytlarda,
ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash
haqidagi tushuncha
quyidagicha ta’riflanadi.
O‘lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va
o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan
kattalikning
ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay
formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
Dostları ilə paylaş: